Jahonda selfi tufayli o‘lim holatlari soni oshishi davom etmoqda

Ekstremal selfiga ishqibozlik jahon olimlarini jiddiy xavotirga solmoqda. Keyingi vaqtlarda shu sababli o‘lim holatlari ko‘p sodir bo‘layotganligi qayd etilmoqda, aslida bexavotirdek bo‘lib tuyula­yotgan usbu suratga olish jarayonida salbiy holatlar soni o‘sib borayotgani ma’lum qilingan onegadget.ru manbasida.

Karnegi-Mellona Universiteti, Hindiston Milliy texnologiyalar va Indraprastxi Axborot texnologiyalari instituti olimlari ham shunday fikrni ko‘tarmoqdalar. Tadqiqot natijalari bilan arxiv.org saytida tani­shish mumkin. Olimlar ma’lum qilishicha, o‘z taqdiqotlari doirasida ular yuzlab o‘lim holatlarini o‘rgandilar va asosiy sabab aynan selfi ekanligini ta’kidladilar. Ma’lum bo‘lishicha, selfi sababli bi­rinchi o‘lim holati 2014-yilda qayd etilgan ekan. Bor-yo‘g‘i ikki yil mobaynida mazkur bexavotir selfi 127 kishining o‘lim holatiga sabab bo‘ldi: 2014-yilda 15 o‘lim holati, 2015-yilda 39, 2016-yilning 8 oyi mobaynida 73 o‘lim holati sodir bo‘lgan. Bugungi kunda, aynan Hindiston mazkur holatda yetakchilik qilmoqda — ikki yil mobaynida mamlakat hududida selfi tufayli 76ta o‘lim holati kuzatilgan. Ikkinchi o‘rinda Pokiston — ikki yil mobaynida 9ta o‘lim holati sodir bo‘lgan. AQSH uchinchi o‘rinni egallamoqda — bu yerda selfi sababli 8ta o‘lim holati yuz bergan. Mamlakatimizda selfi sababli 2014-yilda olti nafar 20-24 yoshli yigitlar olamdan ko‘z yumgan. O‘lim holatining sabablari yuqoridan tushib ketish, cho‘kish kabilardir. Selfi ishqibozlarining o‘lim holati avtomobil halokati, tok urishi va boshqalar sababli ham sodir bo‘lmoqda.

Orphus system