iPhone amerikaliklar uchun bayramlar arafasida eng yaxshi sovg‘a sifatida baholanmoqda
14.12.2016
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

ip_14_12_2016

Piper Jaffray rahbari Jin Myunster (Gene Munster) ma’lum qi­lishicha, 1000 nafar amerikalik ishtirok etgan so‘nggi so‘rovno­madan iPhone bayram tadbirlari arafasida eng yaxshi sovg‘a sifatida qadrlanar ekan.

Aynan mazkur mahsulotni so‘ralganlarning 7,2 foizi eng maqbul va quvonch baxsh etuvchi sovg‘a sifatida ko‘rsatganlar, iPhone qurilmasi esa 5,2% ko‘rsatkichga ega bo‘lgan. Analitiklar iPhone 7 va 7 Plus qurilmalarining orasidagi farq kam bo‘lsada, foydalanuvchilar baribir, yangi smartfonni xohlashlarini ma’­lum qilganlar. Bayram sovg‘asi sifatida amerikaliklardan 10,3 foi­zi Apple qurilmasini ko‘rsatganlar. Bu yil MacBook 2,1% ko‘rsatkichga ega bo‘lib, ikkinchi o‘rinni egalladi, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich 2% edi.

Konsollardan uchinchi o‘rinni Xbox oilasi egalladi, shuningdek, ko‘pchilik tomonidan aqlli soat, PlayStation konsoli, GoPro ka­merasi, giroskuter va dronlar ko‘rsatilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq