Hindistonda birinchi marta Jahon robotlar Olimpiadasi (WRO) o’tkazildi
14.12.2016
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

robo_14_12_2016

Hindistonda birinchi marta o‘tkazilgan 13-Jahon robotlar Olimpiadasi insoniyatning mavjud muammolari bilan kurashishda robototexnika texnologiyalaridan foydalanib, innovatsion yechimlarni topishga yo‘naltirildi. Hindiston Fan bo‘yicha Milliy kengashi (NCSM) hamda Hindistonning STEM jamg‘armasi (ISF) tomonidan tashkil etilgan uch kunlik xalqaro chempionat 54ta mamlakatdan 2000dan ortiq ishtirokchini jamladi, jumladan, O‘zbekistondan ham ishtirokchilar tashrif buyurdi.

«Biz ta’limga aqlli amaliy yondashuv tarafdorimiz, o‘ylaymanki, mazkur raqobat robototexnika ta’limi haqidagi axborotlarning tarqalib, Hindistondagi amaliy ta’lim asosida STEM ekotizimini qurishga yordam beradi. Oldinga qo‘yilgan vazifalarini kichik muddatlarda amalga oshirishlari uchun avtonom robotlarni loyihalashtirish va dasturlashtirishning innovatsion usullarini izlash bilan shug‘ullanuvchi talabalarni ko‘rish juda qiziqarli bo‘ldi», — deydi NCSM bosh direktori AS Manekar.

robo_14_12_2016_01

9 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar to‘rtta — maj­buriy dastur, futbol, ochiq toifa va iqtidorli ishtirokchilar toifa­lari bo‘yicha bellashdilar. Tashkilotchilar so‘zlariga qaraganda, bu yil­gi tanlov mavzusi «Chiqindilarni qayta ishlash» bo‘lib, Swachh Bharat hukumati missiyasiga muvofiq qabul qilindi. «Dastlabki raundlarda ayrim katta g‘oyalarni ko‘rdik, xalqaro final musobaqalarida yanada yaxshi yechimlarning shohidi bo‘lamiz degan umiddamiz. Mazkur tadbir kelajak avlodlar tafakkuri innovatsion qobiliyatlarining ko‘zgusi bo‘ladi. Fan, texnologiya va ta’lim murakkab robototexnik tajribalar orqali o‘z ijodiy qobiliyatlarini, muammolar yechimini hal etishga oid malakalarini rivojlantirishlari uchun butun jahondan iqtidorli yoshlarni jamlaydi».

Tadbir jahon talabalarida innovatsion ijodiy tafakkurni rivojla­tirish asosida fan, texnologiya, injeneriya, matematika tushunchalarining qo‘llanilishini targ‘ib qilishga intilgan.

«Shunday katta miqyosda tadbir tashkil etish biz uchun katta sharafdir. Mazkur platforma o‘quvchilar uchun katta ta’limiy maydon bo‘lib, ular uchun butun hayoti davomida robototexnika bilan shug‘ullanishga ko‘p imkoniyatlar taqdim etadi», — deydi Hindiston STEM jamg‘armasi hammuassisi va bosh direktori Sudhanshu Sharma. Final musobaqalariga qadar, 2016-yil avgust oyidan boshlab, oktabr oyigacha uch oy mobaynida Dehli, Lakxnau, Tirupati, Trivandruma, Chennai, Kalkutta, Varanasi, Guvaxati, Bangalor, Surat, Mumbay, Bxopala va Chandigarxada saralash bosqichlari o‘tkazilgandi hamda Kalkuttaning Netaji stadionida chem­pionatning 245ta malakali milliy jamoasini jamlagandi ma’lumot beriladi robotics.ua manbasida. Natijada 54ta jamoa turli toifalar bo‘yicha xalqaro WRO chempionatiga yo‘llanma oldi. India Expo Mart, Greater Noida musobaqalari 27-noyabrgacha bo‘lib o‘tdi.

robo_14_12_2016_02

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston birinchi marta Jahon robotlar Olimpiadasida «RoboKidz — O‘zbekiston bolalar va kattalar uchun robototexnika» loyihasi bilan ishtirok etdi. Jurnalimizning 9-sonida Toshkent shahrida ICTExpo 2016 ko‘rgazmasi doirasida olimpiada saralash musobaqalari qanday o‘tkazilganligi haqida hikoya qilgandik. Birinchi marta ishtirok etgan bo‘lsada, jahonning boshqa jamoalari qatorida terma jamoamiz yaxshi ko‘rsatkichlarga erishdi. «Nihoyat RoboKidz hayotida «World Robot Olympiad» deb nomlangan muhim bosqich yakuniga yetdi, bu bilan mazkur katta muhim voqeaga aloqador bo‘lganlarni: ishtirokchilar, tashkilotchilar, homiylar, ota-onalar va boshqalarni tabriklaymiz. Birinchi navbatda, musobaqaga jiddiy yondashgan yoshlarimizni qutlaymiz.

Ular turli mamlakatlardan 83ta jamoa ishtirok etgan faqatgina bir «Elementary» toifasida o‘z bilimlarini namoyish etdilar! Hindi­stonda sovrinli o‘rinni egallamagan bo‘lsalarda, yangi yutuqlar tomon turtki bo‘ladigan katta tajriba orttirdilar. Sentabr oyida WRO Olimpiadasi tomon yo‘l olishda tavakkalchilik bo‘ldi, sababi tay­yorgarlik ko‘rishga umuman vaqt qolmagandi. Biroq yigitlar Toshkentda jiddiy shug‘ullandilar, Hindiston musobaqalarida o‘zlarini yosh, biroq haqiqiy mahorat egasi sifatida ko‘rsatdlar.

robo_14_12_2016_03

Nyu-Deliga sayohat yorqin taassurotlarga boy bo‘ldi, ayniqsa, chiqishdan bir kun avvalgi tun hayajonli o‘tdi, sababi vaqt oz, biroq ko‘p ishlarga ulgurish kerak edi. Xullas, yigitlarimiz uddaburonlik qildilar — ular mehmonxonada bo‘sh joy topib, u yerga robotlarni joylashtirdilar, keyin ertangi kun musobalari uchun tayyorgarlik ko‘rib, ularni testdan o‘tkaza boshladilar. Sovrinli o‘rinlarga yaqinlasha olmadik, biroq ko‘plab do‘stlar orttirdik, katta tajribali ishtirokchilar esa bizning yigitlarning birinchi chiqishi muvaffaqiyatli bo‘lganligini tan oldilar. Muloqot qilish baxtiga muyassar bo‘lgan: Vetnam, Nigeriya, Qozog‘iston, Rossiya, Belorussiya va Ukraina — barcha mamlakatlarga salomlar yo‘llaymiz. Jamoamiz yana ishqibozlik bilan robotlarni yig‘ish, ularni dasturlashtirish va o‘quvchilarimiz ishlaridan faxrlanish uchun albatta mehmonga borishni niyat qildik.

«Robototexnika — bizning kelajagimiz, farzandlarimiz ke­lajagi ekanligiga ishonamiz. Jahonda mashinalarga katta e’tibor qarati­layotgan mamlakatlarda ularni yaratganlar o‘z qadrini topmoqda. Bizni qo‘llab-quvvatlaganlarning barchasiga katta rahmat!» — ta’kidladilar Hindistondagi musobaqa natijalari bo‘yicha so‘zlagan jamoalar rahbarlari. Terma jamoamizning musobaqadagi ishtiroki haqida Feysbuk tarmog‘ida loyiha sahifasida batafsil tanishish mumkin.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq