Avtonom g’ildirakli robotlar mahsulotlarni yetkazib berishi loyihasi ishga tushirildi
14.12.2016
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

robot_14_12_2016

London shahri (Buyuk Britaniya)da jahonda birinchi mahsulotlarni yetkazib beruvchi avtonom g‘ildirakli tijorat robotlaridan foydalanila boshlandi.

robot_14_12_2016_01

Starship Technologies kompaniyasi robot-dastyorlar operatori bo‘lib hisoblanadi. Olti g‘ildirakli mashinalar NVIDIA Tegra K1 protsessorida bort kompyuteri, elektromotor va akkumulyator bloki bilan jihozlangan. Muhitda navigatsiya uchun standart kame­ralar, ultratovush va infraqizil sensorlar, shuningdek, aylana manzarali kameralar javob beradi. Hozircha robotlar harakatini moni­toring markazi xodimlari masofadan kuzatadilar va istalgan vaqtda boshqaruvni qo‘lga olishga tayyor turadilar. Starship Technologies roboti uchun birinchi tijorat yo‘nalishi Just Eat onlayn-servis orqali buyurtma berilgan oziq-ovqatlarni yetkazib berish bo‘ldi. Tizim quyidagicha ishlaydi: avvalo, mijoz mobil ilova orqali ariza yo‘llaydi. Shundan keyin uning buyurtmasi rasmiylashtirilib, jo‘natilganligi haqida xabar keladi. Robot ko‘rsatilgan manzilga yetib kelganidan keyin mijozga maxsus moslamada joylashtirilgan buyurtmani olish uchun kodi ko‘rsatilgan xabar keladi. Keyin robot yana bazaga qaytadi. Avtomatlashtirilgan yetkazib beruvchi 16 km/soat tezlikda harakatlana oladi, biroq odatda, yo‘lovchilarni cho‘chitib yubormaslik uchun 5–6 km/soatdan tez harakatlantirilmaydi. Yetkazib berish masofasi bazadan 3–5 km bo‘lishi mumkin.

Kelgusida robotlashgan yetkazib beruvchi servisini kengaytirish rejalashtirilgan. Hozircha, Starship Technologies yo‘lda bezorilarda qanday qilib, himoyani ta’minlashni mo‘ljallagani ma’lum emas.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq