Audi roveri Oyga uchishga tayyor
14.12.2016
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

audi_14_12_2016

Audi kompaniyasining Part-Time Scientists jamoasi Google Lunar XPRIZE tanlovi doirasida bosh sovrin uchun Audi Lunar Quattro robotlashgan apparatini Oyga jo‘natishni rejalashtirgan.

Tanlovning mohiyati kelgusi yilda ochiladi. Ishtirokchilarga Sayyoramizning tabiiy yo‘ldoshi tomon rover jo‘natish talab etilgan. Birinchi bo‘lib, robotni Oyga qo‘ndirishga, Oy maydoni bo‘ylab kamida 500 metr joyni aylanib, Yerga yuqori sifatli video va foto­suratlarlarni jo‘natishga ulgurgan jamoa g‘olib deb hisoblanadi.

audi_14_12_2016_01

Tanlov 2007-yilda start olgandi, uning yakunlanish muddati esa vazifalarning murakkabligi sababli bir necha marta surilgandi. Hozirda dedlayn 2017-yil 31-dekabrga belgilandi. Sovrinlarning umumiy jamg‘armasi $30 mln.ni tashkil etadi. Audi’dan ma’lum qilishlaricha, bir necha keyingi oylar mobaynida mutaxassislar rover g‘ildiraklarining to‘liq tizimini takomillashtirdilar. Tashqi aloqa maydonini kengaytirish va barqarorligini yaxshilash uchun robotning o‘zini ham, g‘ildiraklarining o‘lchamlarini ham kattalashtirish qarori qabul qilindi. Shu bilan birga, avvalgi prototipi bilan solishtirilganida og‘irligi 38 kg.dan 30 kg.gacha kamayti­rildi. Konstruksiyasida materiallarning maxsus muvofiqligidan, detallarini tayyorlashda esa 3D-bosib chiqarish texnologiyasidan foydalanildi. Oyda yo‘nalish topish hamda suratga olishni amalga oshirish uchun Audi Lunar Quattro qurilmasi to‘rtta kamerasini ishga tushira oladi. Yaqin vaqtlar mobaynida roverning ikki nusxasi sinov uchun Yaqin Sharqqa jo‘natiladi. Part-Time Scientists jamoasi Audi Lunar Quattro qurilmasini Oyga jo‘natishni amalga oshirishni 2017-yil oxiriga rejalashtirgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq