Bojxona brokeri faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish

Tadbirkorlik sub’yektlari uchun qo‘shimcha imkoniyat va qulayliklar yaratish maqsadida, Yagona portalda bojxona brokeri faoliyatini amalga oshirishga ruxsatnoma olish uchun kerakli hujjatlar bilan birga elektron ariza taqdim etish yangi interaktiv xizmati ishga tushdi.

gov_13_12_2016

Ushbu xizmat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 25 iyundagi «Bojxona brokeri sifatidagi faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsat berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida» 239-sonli qaroriga binoan bepul tarzda taqdim etiladi.

Xizmatning natijasi bo‘lib 10 kalendar kuni mobaynida elektron ko‘rinishda bojxona brokeri faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomani olish hisoblanadi.

Manba

Orphus system