Yaponiya elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
09.12.2016
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

mit_9_12_2016

2016 yilning 9 dekabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Yaponiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi janob Nobuaki Ito bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yapon elchisining yurtimizdagi diplomatik missiyasining boshlanishi munosabati bilan tashkil etildi.

Uchrashuvda Yaponiyaning yetakchi institut, savdo kompaniya hamda muassasalari bilan hamkorlikda O‘zbekistonda telekommunikatsiya tarmoqlari hamda raqamli teleuzatishni rivojlantirish bo‘yicha yirik loyihalarni amalga oshirishdagi tajriba, ikki tomonlama hamkorlik xususida so‘z bordi.

Har ikki tomon vakillari O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida telekommunikatsiya, axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi hamkorlikning istiqboli to‘g‘risida to‘xtalib o‘tishdi. Jumladan, mamlakatimizda yuqori texnologiyalar sohasini yanada rivojlantirishda Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) bilan loyihalarni amalga oshirish masalasi muhokama qilindi.

Shuningdek, telekommunikatsiya va raqamli teleuzatish sohasi uchun kadrlar tayyorlashdagi hamkorlik, jumladan bu borada Yaponiyaning zamonaviy AKT uskunalari, texnologiyalarini o‘rganish asnosida yuqori malakali mutaxassislar yetishtiradigan markazlarni tashkil etish imkoniyatlari mavjudligi qayd etildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq