Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun elektron jurnal

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti xodimlari akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun elektron jurnalni yaratdilar. Dastur o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida qo‘llanilib, akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida o‘quv jarayonini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan.

Mazkur dastur yordamida talabalar bilimlarini baholash (baho qo‘yish), darsga kelmagan talabalarni ro‘yxatga olish, talabalarning o‘quv semestri bo‘yicha o‘rtacha joriy baholarini avtomatik ravishda hisoblash va chiqarish, talabalar davomatini va o‘zlashtirishini nazorat qilish.

Mualliflar — Davronbekov Otabek, Davronbekov Dilmurod va Xakimov Zafarlarga ushbu dastur uchun № DGU 04027 raqamli guvohnoma berildi.

Manba

Orphus system