UZMOBILE: butun mamalakat bo‘ylab keng ko‘lamli rivojlanish!
07.12.2016
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar, Mobil aloqa.
Muallif: .

uzm_07_12_2016

UZMOBILE Mobil aloqa milliy operatorini yaratish loyihasi doirasida 2016 yilda, ham tirorat, ham texnik jihatdan ko‘pgina natijalarga etishildi. UZMOBILE saytida deyarli har kuni tarmoqni kengaytirish, yangi xizmatlar kiritilayotgani va mamlakat bo‘ylab noyob texnologiyalar joriy qilingani haqida yangiliklar e’lon qilinmoqda.

UZMOBILE – mamlakatimizning jadal rivojlanayotgan Milliy mobil aloqa operatori bo‘lib, unga mobil aloqa bozorida milliy kompaniyaning keng ishtirok etishi, hamda mamlakatning mobil aloqa tarmoqlarini yanada rivojlantirish va shu sohada axborot xavfsizligini ta’minlash vazifalari yuklatilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mobil aloqa milliy operatori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2126 sonli Qarorining ijrosini ta’minlash bo‘yicha tashkil etilgan UZMOBILE ham CDMA, ham GSM standartlari bo‘yicha sifatli mobil aloqani ishonchli yetkazib beruvchi sifatida oldinga qo‘yilgan vazifalar doirasida o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

Mustaqillik yillarida davlatimiz tomonidan yaratilgan shart-sharoitlar tufayli mamalakatizmda tashkilotlarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash bo‘yicha katta hajmli loyihalarni joriy etish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshiriloqda.

UZMOBILE GSM tarmog‘ini qurish va kengaytirish ishlari to‘lahajmli olib borilmoqda. Rivojlanish butun O‘zbekiston hududi bo‘ylab bosqichma-bosqich, 2G/3G и 4G texnologiyalarini joriy etgan holda amalga oshirilmoqda. Eslatib o‘tamiz, UZMOBILE GSM tarmog‘ida o‘z faoliyatini boshlaganiga uzoq vaqt bo‘lgani yo‘q, 2015-yilning 15- aprelida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida tarmoqni ishga tushirdi. Ammo, yaqinda o‘tkazilgan mustaqil test va o‘lchovlarga asosan, bugungi kunda, UZMOBILE GSM tarmog‘i aloqasi poytaxtda eng yaxshi deb topildi. Mobil aloqa milliy operatori UZMOBILE Toshkent shahrida o‘z abonentlariga ovoz xizmatlari va ma’lumot uzatish xizmatlarini taqdim etuvchi eng yaxshi operator unvoniga sazovor bo‘ldi.

Shuni ham eslatib o‘tish muhumki, 2016 yil mobaynida O’zbekiston Mobil aloqa milliy operatori GSM tarmog‘ini nafaqat viloyat, balki tuman markazlarida ishga tushirish ishlarini boshlab yurbordi. Shunday qilib, O‘zbekistonning barcha viloyatlari bo‘ylab GSM tarmog‘ini qurish va kengaytirish ishlari keng ko‘lamli olib borilmoqda.

Rivojlanishning bu bosqichida operator tarmoqni kengaytirish va qamrovini yaxshilash bo‘yicha barcha chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda, O‘zbekistonning olis hududlari bundan mustasno emas. Oxirgi yarim yil ichida 2G/3G/4G LTE texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlovchi 1200 zamonaviy baza stansiyalari o‘rnatildi. Toshkent, Namangan, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyat va deyarli barcha tuman markazlarida GSM tarmog‘i baza stansiyalari o‘rnatilgan bo‘lib, Buxoro, Samarqand, Farg‘ona, Xorazm va mamlakatimiz boshqa viloyatlarida tarmoqni kengaytirish va qo‘shimcha yaxshilash ishlari amalga oshirilmoqda.

2016 yilning birinchi yarim yilligi UZMOBILE uchun erishilgan natijalar bilan muhimdir. UZMOBILE GSM standarti xalqaro mobil aloqasi operatorlar tashkiloti – GSM Assosiasiyasining to‘la huquqli a’zosi bo‘lib, milliy operator tomonidan dunyo davlatlari bilan xalqaro rouming xizmatini faol joriy etish va xalqaro xizmatlar ko‘lamini oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. UZMOBILE Mobil aloqa milliy operatori “O‘zbekenergo” ASKUE tizimiga ulangan M2M sektori obyektlari uchun optimal yechim bo‘lishi mumkin bo‘lgan maxsus «M2M» tarif rejasi ishga tushganini e’lon qildi. Xizmatlar sifatini oshirish maqsadida UZMOBILE suhbat nutqini juda sifatli uzatish HD Voice texnologiyasini foydalanishga kiritdi.

Joriy yilning ikkinchi yarim yilligida Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan Yozgi Olimpiya o‘yinlari arafasida, O‘zbekiston Olimpiya harakatini rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida, O‘zbekiston Mobil aloqa milliy operatori UZMOBILE va O‘zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya Qo‘mitasi tomonidan o‘zaro hamkorlik haqida Kelishuv imzolandi. Zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda, UZMOBILE katta binolarda aloqa sifatini yaxshilashga qaratilgan rejasini amalga oshirishda davom etmoqda. Ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida, operator tomonidan katta maydonga ega bo‘lgan (sotuv markazlari, ko‘rgazma va biznes markazlari, ofis binolari va hokazo) binolarda radio uzatishni qismli taqsimlovchi baza stansiyalari uskunalari (Lamp Site) o‘rnatilmoqda.

Yana bir bor shuni ta’kidlab o‘tish zarurki, tarmoqni qurish va yangi texnologiyalar joriy etish samaradorligini oshirishda davlat xokimiyatining qo‘llab-quvvatlashi muhim ahamiyatga ega. Mustaqilligimiz tufayli amalga oshirilayotgan ishlar aholining turmush darajasini oshirishga qaratilgan.

Bugungi kunda UZMOBILE O‘zbekistonda aynan o‘xshashi bo‘lmagan zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda, ilg‘or, yangi va texnik mukammal tarmoq qurib, o‘z abonentlariga tarmoq qamrovi doirasida sifatli va qulay aloqani taqdim etmoqda. Hozirda UZMOBILE tarmoqni kengaytirish ishlarini nafaqat viloyat, balki tuman markazlarida amalga oshirmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasinig 24-yilligi arafasida, yil natijalariga nazar solib, UZMOBILE o‘z abonentlariga turli xil tarif rejalari, qulay va tezkor mobil internet taklif etib, aholiga, korporativ mijozlarga va davlat tashkilotlariga mamnunlik bilan xizmat ko‘rsatib kelmoqda deya ishonch bilan ta’kidlash mumkin.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq