Chet el tovarlarining harakatiga bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash bo‘yicha korxonalar ma’lumotnomasiga korxonani kiritish
07.12.2016
Rukn: Internet.
Muallif: .

gov_7_12_2016

Yagona portaldagi “Bojxona” sohasi xizmatlari ro‘yxatiga yangi “Chet el tovarlarining harakatiga bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash bo‘yicha korxonalar ma’lumotnomasiga korxonani kiritish uchun elektron murojaat yuborish” xizmati qo‘shildi. Ushbu xizmatdan O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegaralaridan avtomobil transporti orqali tovarlarni olib o‘tishda manfaatdor shaxslar foydalanishi mumkin.

Foydalanuvchi Yagona portalda real vaqt rejimida bojxona to‘lovlari to‘lanishi ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjatni ilova qilgan holda ariza shaklini to‘ldirishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi 2016 yil 19 avgustdagi Chet el tovarlarini tashish jarayonida bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlashni vakolatli shaxslar bilan real vaqt rejimida interaktiv shaklda o‘zaro hamkorlik asosida hisobga olish va nazarot qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 01-02/12-58-sonli Qaroriga ko‘ra xizmat to‘lovi undirilmaydi.

Xizmat natijasi bo‘lib 10 kun mobaynida indentifikatsion kod olish hisoblanadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq