«NEC» korporatsiyasi bosh menejeri bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
06.12.2016
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

mit_6_12_2016

6 dekabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida yurtimizga saylov kuzatuvchisi sifatida tashrif buyurgan Yaponiyaning «NEC» korporatsiyasi bosh menejeri Hironobu Kurosaki boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mehmon so‘zi avvalida yurtimizda o‘tkazilgan prezidentlik saylovlaridagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Xususan, janob Kurosaki saylovning ochiq va oshkora o‘tkazilgani, ommaviy axborot vositalarida keng miqyosda yoritilganini ta’kidladi.

Shundan so‘ng, telekommunikatsiya yo‘nalishida jahonning nufuzli muassasalaridan hisoblangan NEC korporatsiyasi O‘zbekiston va Yaponiya davlatlari o‘rtasida telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari sohasida ikki tomonlama aloqalar, xususan telekommunikatsiya tarmoqlarini raqamlashtirish, yer usti raqamli televideniyega o‘tish jarayonlarida muhim hamkorimiz ekani qayd etildi.

Uchrashuvda tomonlar bu yo‘nalishdagi o‘zaro aloqalarning bugungi holati, istiqbolda loyihalar ko‘lamini kengaytirish, jumladan telekommunikatsiya sohasida kadrlar tayyorlash yo‘nalishida Toshkent axborot texnologiyalari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikni yanada rivojlantirish to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq