Davlat mukofotlari topshirildi
06.12.2016
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

mit_6_12_2016_1

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligi arafasida yurtimiz mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga muvofiq axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidan taqdirlangan bir guruh xodimlarga davlat mukofotlarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

«O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma besh yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi farmonga muvofiq, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Kim Nam Sokka «Mehnat shuhrati» ordeni topshirildi.

Shuningdek, ushbu qarorga asosan, Mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish va islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish ishlaridagi katta xizmatlari, ko‘p yillik samarali mehnati bilan qishloq va suv xo‘jaligi, sanoat, transport, aloqa va qurilish sohalarini rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun Elektromagnit moslashuv markazi DUK direktorining o‘rinbosari Hoshimxo‘jayev Avaz Habibullayevichga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan aloqa xodimi” faxriy unvoni topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yilligi munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi farmoniga ko‘ra, huquqiy davlatni shakllantirish va milliy qonunchilikni takomillashtirishga, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini, huquq va erkinliklarini himoya qilishga, qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashga, jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirish va yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlashga qo‘shgan katta hissasi uchun:

— Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Maxsus avariya-tiklash boshqarmasining komandiri Mahkamov Valijon Yahiyamatovichga «Jasorat» medali;

— Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sagatov Abdulla Fattohovichga Sodiq xizmatlari uchun» medali;

— Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Maxsus avariya-tiklash boshqarmasining komandiri Egamberdiyev Javlonbek Hoshimovichga «Shuhrat» medali topshirildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq