Chet el tovarlarining harakatiga bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash haqida habarnoma berish
05.12.2016
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona portalda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining, davlat chegaralaridan avtotransport vositasi orqali chet el tovarlarini tashish bilan shug‘ullanuvchi shaxslar uchun yana bir yangi xizmati ishga tushirildi.

Xizmatdan foydalanish vaqtida hujjatlar ilova qilinishi talab etilmaydi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016 yil 16 avgustdagi «Chet el tovarlarini tashish jarayonida bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlashni vakolatli shaxslar bilan real vaqt rejimida interaktiv shaklda o‘zaro hamkorlik asosida hisobga olish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida» 01-02/12-58-sonli Qaroriga binoan ushbu xizmat bepul tarzda ko‘rsatiladi.

Xizmat natijasi bo‘lib, avtomatik ravishda tizim orqali shakllantirilgan elektron tasdiqnoma va identifikatsiya kodini olish hisoblanadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq