Raqamli texnologiyaga asoslangan telekanallar qamrovi kengaymoqda
02.12.2016
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

kun_02_12_2016

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 17 aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida raqamli televideniyega texnik va texnologik o‘tishga doir Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, raqamli televidiniyega o‘tish teleko‘rsatuvlarni tayyorlash va tarqatish jarayoniga zamonaviy televizion uskuna va mediatexnologiyalarni muntazam joriy qilish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda.

Ayni kunda mamlakatimizda aholini raqamli teleuzatish signallari bilan qamrab olish darajasi 79,5%ni tashkil etmoqda. 2016 yil oxiriga qadar yurtimiz bo‘ylab yana 10 ta raqamli telesignal uzatkichlari o‘rnatilib, Respublika aholisining 88 foiziga raqamli telekanallarni ko‘rish imkoni yaratiladi.

Shu kunga qadar Respublikamiz hududlarida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibiga kiruvchi 12 ta televizion hamda radiokanallar uzatilib kelingan bo‘lsa, 2016 yilning 1 dekabridan boshlab yurtimiz aholisining raqamli signallar bilan ta’minlangan qismi to’liq raqamli texnologiya asosida uzatiluvchi «Milliy TV» hamda «Uzreport TV» telekanallarini ham tomosha qilish imkoniga ega bo‘ladilar. Ushbu telekanallar raqamli televideniyening so‘nggi texnologiyasi bo‘lgan DVB-T2 standartiga ko‘ra olib uzatiladi.

Shu maqsadda O‘zbekistonning quyidagi hududlarida yangi radiotelevizion stansiyalar o‘rnatilgan:

— Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mang‘it tumani;

— Navoiy viloyatining Navoiy, Zarafshon shahri, Uchquduq shaharlari;

— Jizzax shahri;

— Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on, Nurobod tumanlari;

— Toshkent viloyatining Chorvoq, Quyoshli hududi;

— Buxoro viloyatining Olot tumani;

— Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri;

— Namangan viloyatining Chodak, Chust, Nurobod hududlari;

— Farg‘ona shahri;

— Toshkent shahri.

Shuningdek, Farg‘ona vodiysi (Farg‘ona, Chodak, Chust, Nurobod)da o‘rnatilgan raqamli telesignallar uzatish stansiyalarida TV-dasturlarni uzatishda an’anaviy standartdan bir necha marotaba sig‘imdor bo‘lgan DVB-T2 standartining joriy etilishi hisobiga bu yerda uzatiluvchi televizion dasturlar soni oshib, aholi endi qo‘shimcha pullik teledasturlar paketini ham sotib olishi mumkin bo‘ldi.

Yurtimizning boshqa hududlarida ham aholiga raqamli telekanallarni ko‘rish imkoniyatini yaratish bo‘yicha texnik ishlarni amalga oshirish davom etmoqda. Aytish joizki, mamlakatimizda raqamli televideniyega ikki bosqichda, ya’ni 2012-2015 va 2016-2017 yillarda o‘tish ko‘zda tutilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq