Vazirga «O‘zbektelekom» AK savdo ofislari orqali ham murojaat qilish mumkin bo‘ldi
01.12.2016
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Avval xabar berganimizdek, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda uning tizimidagi muassasa-tashkilotlarga yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlarga tezkorlik bilan munosabat bildirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari foydalanuvchilari hamda tadbirkorlik subyektlari bilan yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf qilish choralarini ko‘rish maqsadida, Internet tarmog‘ining murojaat.mitc.uz manzilida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining virtual qabulxonasi tashkil etilgan.

Fuqarolar 0 800 200-41-07 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish orqali ham mazkur virtual qabulxonaga murojaat qilishlari mumkin.

day_01_12_2016

Aloqa-axborotlashtirish sohasi foydalanuvchilariga keng qulaylik yaratish, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziriga shikoyat, taklif yoki ariza yuzasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Virtual qabulxona orqali murojaat qilish imkoniyatini yanada oshirish maqsadida, aholiga arizalarni «O’zbektelekom» AKning butun yurtimizni qamrab olgan 169 ta savdo ofislari orqali ham Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining Vitual qabulxonasiga yo’llash imkoni yaratildi.

«O’zbektelekom» AKning savdo ofislarining manzillari hamda ish jadvali bilan ushbu ro’yxatda tanishish mumkin.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq