«Press Club: Elections.uz-2016» ish boshladi
01.12.2016
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

press_30_11_2016

4-dekabrda joriy yilning asosiy siyosiy voqeasi – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston Prezidenti saylovini keng yoritish uchun Markaziy saylov komissiyasi qoshida 1300 dan ortiq xorijiy va milliy OAV vakillari akkreditatsiya qilindi.

press_30_11_2016_01

Xorijiy va milliy OAV vakillarining professional faoliyatlari uchun xalqaro standartlarga mos keladigan qulay infratuzilma va sharoitlar yaratish, interfaol axborot media-maydoni tashkil qilish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish jarayonining borishi to‘g‘risida xolis kontentni shakllantirish, xalqaro kuzatuvchi va ekspertlarni, shuningdek, media-hamjamiyati vakillarini respublikamiz erishgan yutuqlar bilan tanishtirish maqsadida nodavlat media-sektorining mustaqil vakillari tomonidan O‘zbekistonda birinchi «Press-ClubElections.uz-2016» («Saylov.uz-2016» press-klubi) tashkil etish haqidagi fuqarolik tashabbusi ilgari surildi. Press-klub o‘z multimedia maydonida xorijiy va milliy mediasoha vakillarini birlashtirishi ko‘zda tutilgan. Klub tadbirlari «International Hotel Tashkent» mehmonxonasining “Billur” zalida o‘tkaziladi. Bu yerda, 2016-yil 30-noyabr kuni klubning tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.

press_30_11_2016_02

Mazkur loyiha ijtimoiy-fuqarolik tashabbusi hisoblanadi. Bu multimedia maydoni O‘zbekiston Elektron OAV Milliy assotsiatsiyasi, «Uzbekistan Today» axborot agentligi, «Mening Yurtim» telekanali, «Sevimli-tv.uz» internet-telekanali, «Uzreport-TV» telekanali, «Darakchi inform servis», «O‘zbekiston kabel televideniyesi», «Poytaxt», «Vodiy sadosi» radiostansiyalari va boshqalar tomonidan tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi loyihani texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi. “Biz mulk shaklidan qat’iy nazar barcha xorijiy va milliy OAV uchun mutlaqo ochiqmiz.

press_30_11_2016_03

Bu multimedia maydonida ilg‘or texnologiyalar jamlangandi: yuqori tezlikdagi Internetga ega bo‘lgan 80 dan ortiq zamonaviy kompyuterlar o‘rnatildi, IT-texnologiya, dizayn va multimedia sohasidagi eng so‘nggi yutuqlardan foydalanildi. Bular natijasida ilg‘or jahon standartlariga mos keluvchi klub tashkil etishga muvaffaq bo‘lindi. Press-klub wi-fi aloqasi bilan ta’minlangan, mamlakatdagi 10 ta hududiy nodavlat telestudiyalar, EOAVMA studiyalari bilan onlayn-bog‘lanish, shuningdek, alohida uzatuvchi telestansiya o‘rnatiladigan Markaziy saylov komissiyasi matbuot markazi bilan bevosita onlayn aloqa yo‘lga qo‘yildi. Shunday qilib, ko‘plab jurnalistlar press-klubda turib, ta’bir joiz bo‘lsa, O‘zbekiston saylov jarayoni voqealari markazida bo‘ladilar», – deb aytdi press-klub rahbari, EOAVMA boshqaruvi raisi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist Firdavs Abduxoliqov.

press_30_11_2016_04

Press-klubning samarali faoliyat olib borishi uchun parlament a’zolari, partiyalar, vazirliklar va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlari, shuningdek, xalqaro kuzatuvchilar ishtirokida brifinglar, matbuot anjumanlari va turkum tematik tadbirlar tashkil etishni ko‘zda tutuvchi kundalik dastur-jadval ishlab chiqildi. Klubning ochilish marosimida va keyingi uchrashuvlarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirza-Ulug‘bek Abdusalomov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi raisi Sodiq Safoyev, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi direktori Akmal Saidovlar ishtirok etdilar. Ular press-klub ishiga maslahat yordami ko‘rsatadilar.

press_30_11_2016_05

Brifinglarda «Mamlakatning siyosiy modernizatsiyasi, Davomi bor», «Milliy qonunchilikka xalqaro huquqlar me’yorlarini implementatsiya qilish, xalqaro hamkorlik jihatlari», «Real bellashuv, sog‘lom siyosiy raqobat va elektorat bilan ishlashga yangicha yondashuvlar», «OAV va saylovlar: feedbackni ta’minlash» kabi turli mavzular muhokama qilinadi. Press-klub ishi doirasida taniqli xorijiy kuzatuvchilar va xalqaro tashkilotlar vakillari bilan intervyular ham tashkil etildi. Klub tadbirlariga turkum televizion loyihalar muallifi va prodyusseri, OAV sohasi eksperti Bobur Alixonov, taniqli jurnalist, blogger, siyosatshunos Sherzod Qudratxo‘jayev, «Mening ovozim» va «Moy golos» tok-shoulari boshlovchilari Sevara O‘rinboyeva, Muqaddas Fayozova va Nasiba Faxriddinovalar moderatorlik qilishadi.

press_30_11_2016_06

Press-klub dasturidan shuningdek, xalqaro kuzatuvchilar va OAV vakillarini O‘zbekistonning an’anaviy madaniyati va san’ati bilan tanishtirishga qaratilgan madaniy tadbirlar ham o‘rin olgan. Jumladan, Ijtimoiy reklama milliy festivali, Baynalminal Madaniy markaz bilan hamkorlikda «O‘zbekiston umumiy uyimiz» kitobining kengaytirilgan taqdimoti, shuningdek, Respublika “Hunarmand” assotsiatsiyasi bilan birgalikda, xalq amaliy san’ati buyumlari ko‘rgazma-yarmarkasi va “Mustaqil O‘zbekiston ustalari” kitob-albomi taqdimoti o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda.

press_30_11_2016_07

«Press-ClubElections.uz-2016»ning rasmiy ochilish marosimi 2016-yil 30-noyabrda bo‘lib o‘tdi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq