Декабрь 2016 arxivlar

Atmosferali optik aloqa liniyalaridan foydalanish masalalari

atm_30_12_2016

Hozirgi kunda telekommunikatsiya tarmoqlarida an’anaviy, simli va simsiz radioliniyalardan foydalanilmoqda. Keyingi paytda telekommunikatsiya tarmoqlarida an’anaviy aloqa liniyalaridan tashqari atmosferali optik aloqa liniyasi (AOAL) tushunchasi kirib kelmoqda. AOAL — Free Space Optics texnologiyasi atmosfera orqali optik diapozonda ma’lumotlarni uzatish hisob­lanadi. Ma’lumki, ruxsatnoma olish kerak bo‘lgan radiospektrning eng yuqori chegarasi 400 GGts qabul qilingan. AOAL uchun ishlati­ladigan chastota undan uch barobariga ko‘p hisoblanadi. Shuning uchun AOAL qurilmalari uchun loyihalashtirish, ayrim korxonalar bilan kelishish, ruxsat olish tadbirlari talab etilmaydi hamda radiochastota spektrini ishlatganligi uchun to‘lov amalga oshirilmaydi. Bu esa so‘zsiz telekommunikatsiya tizimlarida AOAL texnologiya va qurilmalarini qo‘llashda asosiy omillardan biri hisoblanadi.

Muallif: A. Eshmuradov, K. Abdurahmonova

Oliy ta’lim tizimida o‘qitishning interfaol texnologiyalaridan foydalanish samaradorligi

oliy_29_12_2016

Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama rivojlangan barkamol shaxsni shakllantirishni nazarda tutgani holda, ta’lim oluvchilarda bilim olishga va yangiliklarni puxta o‘zlashtirishga ehtiyojini, shuningdek, asosiy o‘quv-ilmiy va umummadaniy bilimlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlar, ijodiy fikrlash, atrof-muhitga ongli munosabatda bo‘lish ko‘nikmalarini tarkib toptirishni uzluksiz ta’lim jarayonining asosiy vazifasi sifatida belgilab berdi.

Muallif: Kamola Mirzag‘aniyeva

Modulli ilon-roboti

module_28_12_2016

Ixcham robotlarga o‘rnatish va ularning samarasini yanada oshirish uchun zamonaviy datchiklar, kompyuterlar, ijro mexanizmlari va batareyalar yil sayin kamayib ketmoqda.

Muallif: