AKT vazirligida saylov munosabati bilan seminar tashkil etildi
30.11.2016
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

el_30_11_2016

2016 yilning 30 noyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi munosabati bilan ushbu muhim siyosiy jarayonning ahamiyati, o’tkazish tartibi va uning huquqiy asoslariga bag’ishlangan seminar tashkil etildi. Tadbirda vazirlik markaziy apparati xodimlari ishtirok etdilar.

Seminar mobaynida milliy saylov qonunchiligimiz, ularga kiritilgan so‘nggi o‘zgartirish va qo‘shimchalar, fuqarolarning davlat va jamiyat qurilishida bevosita hamda vakillari orqali ishtirok etishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar mazmun-mohiyati xususida fikr almashildi.

Ta’kidlangani kabi, ochiq va erkin saylovlar O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini qurishning muhim tarkibiy qismi, xalqimiz o‘z xohish-irodasini bildirishining, fuqarolarimizning davlat hamda jamiyat ishlarini boshqarishdagi ishtirokining asosi hisoblanadi.

Shuningdek, seminarda fuqarolarning saylov huquqlarini ta’minlash, shu jumladan, nogironlar, qamoqda saqlash joylarida saqlanayotgan fuqarolarga saylov jarayonida ularning saylov huquqlarini ro‘yobga chiqarishda yaratilayotgan sharoitlar haqida ham to’xtalib o’tildi.

O’zaro savol-javoblar shaklida, interaktiv o’tgan seminarda vazirlik xodimlari saylov borasida o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq