“Flotation – 5” dasturi yaratildi
28.11.2016
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Toshkent kimyo-texnologiya instituti xodimlari Flotation — 5 dasturini yaratdilar. Ushbu dasturiy mahsulot qimmatbaho metall rudalarining besh sig‘imli flotatsiya ob’ektini kompyuter modelida hisoblash va masalalarini yechishga mo‘ljallanadi.

Taklif etilayotgan dasturiy mahsulotning funksional imkoniyatlari quyidagilardan iborat, boshlang‘ich ma’lumotlarni kompyuter modeliga kiritish bilan optimal sharoitlarni aniqlashda taqsimot parametrlari asosida flotasiya ob’ektlarining zururiy ko‘rsatkichlari avtomatik tarzda hisoblanadi. Dastur qimmatbaho metall rudalarining besh sig‘imli flotatsiya ob’ektini hisoblash va masalalarini yechishda, shuningdek, talabalarga «Avtomatik boshqaruv nazariyasi», «Boshqaruv ob’ektlari identifikatsiyasi» va «Texnologik jarayonlarni boshqarish va avtomatlashtirish tizimlari» kurslaridan amaliy mashg‘ulotlarni o‘tishda foydalanilishi mumkin.

Mualliflar — Artikov Askar, Nosirova Shoira va Boybutayev Sanjar ushbu dastur uchun №DGU 03981 raqamli guvohnoma berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq