O‘zbekistondagi internet-foydalanuvchilarning yarmidan ko‘pi televizor ko‘rmaydi
26.11.2016
Rukn: Internet.
Muallif: .

opr_25_11_2016

2016 yilning noyabr oyida Toshkent reklama Assotsiatsiyasi mamlakatdagi eng ommabop muloqot kanallarini (televideniye, radio va internet) aniqlash maqsadida O‘zbekiston media bozorida tadqiqot o‘tkazdi.

So‘rovda asosiy qismi 20-45 yosh oralig‘ida bo‘lgan 1700 nafar odam ishtirok etdi. Auditoriyani so‘rovga jalb qilish maqsadida Uznetdagi mavzuli internet-nashrlar hamda Facebook, Yandex va Mail.ru kabi eng ommabop resurslarning reklama maydonlaridan foydalanildi.

opr_25_11_2016_1

“Toshkent reklama Assotsiatsiyasi muntazam ravishda media bozorni tahlil qiladi va uni rivojlantirish uchun bir qator tadbirlarni tashkil etib keladi. Biz o‘tkazgan mazkur so‘rov aholining keyingi yillarda mediaga bo‘lgan talablariga qay tarzda o‘zgarishini anglashga yordam beradi”, – deydi assotsiatsiyasi raisi Anvar Yo‘ldoshev, tadqiqot natijalarini izohlash jarayonida.

O‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, respondentlarning 95 foizidan ortig‘i turli qurilmalardan (smartfon, planshet, noutbuk va kompyuter) foydalangan holda internetga kun davomida bir necha marta kiradilar. Foydalanuvchilarining asosiy qismi internetga kirish uchun mobil gadjetlarni ishlatadilar: respondentlarning 84 foizi internetdan smartfon orqali foydalansa, 19,3 foizi buning uchun planshetga murojaat qiladi. Desktop qurilmalar orasida esa noutbuk (59,5%) va kompyuterlarning (50,6%) ulushi ancha salmoqli.

opr_25_11_2016_2

Televizion auditoriya bo‘yicha ko‘rsatkichlar quyidagicha: respondentlarning 33 foizi kun davomida faqat bir marta televizor ko‘radilar, 19% televizordan kun mobaynida bir necha soat foydalanadilar, 13,8% qatnashchilar esa umuman televizor ko‘rmas ekan.

Natijalarga ko‘ra, so‘ralganlarning 45 foizi umuman radio tinglashmaydi, 14,6 foizi kunda faqat bir marta radioga quloq tutadilar, va faqatgina 8% qatnashchilar faol radio tinglovchilar hisoblanadi.

Tadqiqot Ledokol Group digital-agentligi, OMD Media Direction reklama agentligi va De Facto marketing agentligi ko‘magida o‘tkazildi.
Toshkent Reklama Assotsiatsiyasi so‘rovni tashkillashtirishda qatnashgan barcha agentliklarga minnatdorchilik bildiradi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq