O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan pensiya va nafaqalar to‘loviga mablag‘ olish uchun talabnomalarni elektron shaklda qabul qilish xizmatini joriy etildi
22.11.2016
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2016 yil 3 noyabrda Adliya vazirligi tomonidan yagona ijtimoiy to‘lovni taqsimlash, shuningdek harajatlarni qoplash bo‘yicha summalarning to‘lanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlar uchun harajatlar amalga oshirilishi tartibi to‘g‘risidagi Nizom huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Joriy yilning noyabr oyidan boshlab yuridik shaxslar pensiya va nafaqa to‘lovlariga Pensiya jamg‘armasidan mablag‘ olish uchun talabnomalarni elektron hujjat talablariga rioya etgan holda elektron shaklda taqdim etishlari mumkin.

Yuridik shaxslar o‘zlarining hodimlariga quyidagi to‘lovlarni amalga oshirishga mablag‘ olish uchun talabnomalar taqdim etiladi: ishlovchi pensionerlarga pensiya, bola tug‘ilganlik uchun nafaqa, vafot munosabati bilan nafaqa, uy-joy kommunal xizmatlari to‘lovi bo‘yicha imtiyozlar o‘rniga kompensatsiya to‘lovlari, 16 yoshgacha nogiron bola ota onasining biriga qo‘shimcha dam olish kuni uchun to‘lovlar.

Ushbu xizmatdan O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasining «my.soliq.uz» sayti orqali foydalanish mumkin.

Ma’lumot xizmati — (371) 239-12-46 telefon raqami orqali.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq