Yangi IEEE 802.3bz standarti ratifikatsiyasi haqida e’lon qilindi
19.11.2016
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Sayt ma'muri.
Ethernet-texnologiyalari ilgari siljishiga mas’ul bo‘lgan Ethernet Alliance Konsortsiumi tomonidan yangi IEEE 802.3bz standarti ratifikatsiyasi rasman e’lon qilindi. Yangilik spetsifikatsiyasi zamonaviy simsiz taqmoqning o‘tkazish qobiliyatini 5 Gbit/s.gacha kengaytirishga imkon beradi. Bunda mavjud kabel infratuzilmasini, jumladan, Cat5e va Cat6 toifali kabellarni (keyingi 15 yilda bunday kabellar jahonda 70 mlrd. metrdan uzunroq) o‘zgartirish talab etilmaydi.
Тarmoqlarning tezkor ko‘rsatkichlari talablariga binoan foydalanuvchilar soni oshishi bilan Wi-Fi 802.11ac ga ulanish nuqtalari ham ko‘paymoqda. An’anaviy 1 Gbit/s. o‘tkazish qobiliyatiga ega bo‘lgan 1000Base-T uplink-port standarti ko‘pincha tarmoqda yetarli bo‘lmayapti. Shu sababli yangi standartga zarurat paydo bo‘lmoqda. Bu borada, IEEE 802.3bz ekspertlar guruhi yechimlarni topib, Ethernet tezligini 5 marta oshirishga sazovor bo‘ldilar. Buning ikki — 2,5 Gbit/s. tezlkka ega o‘tkazish qobiliyati bilan IEEE 802.3bz hamda 5 Gbit/s. o‘tkazish qobiliyati bilan 5G IEEE 802.3bz versiyasini taqdim etdilar. Muhandislar juda tez ishladilar — tashabbus paydo bo‘lgan vaqtdan to standart ratifikatsiyasigacha ikki yilga yaqin vaqt sarfland. IEEE 802.3bz ta’rifida MAC-darajali ko‘rsatkichlar, spetsifikatsiyasi jismoniy darajali (PHY), shuningdek, obyektlarni boshqarish xususiyatlari bayon etilgan.