«Xalqona» Chevrolet Bolt elektromobili ishlab chiqarilishi boshlandi
19.11.2016
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

bolt_19_11_2016

Detroyt shahriga (AQSh) yaqin joylashgan Michigan shtati General Motors konserni Orion Assembly zavodida to‘liq elektr asosida jihozlangan Chevrolet Bolt avtomobili ommaviy ishlab chiqarila boshlandi. General Motors mutaxassislarining fikricha, Chevrolet Bolt rusumi an’anaviy ichki yonish dvigateliga maqbul muqobil mashina bo‘ladi. Hozircha boshlang‘ich o‘rtacha narxi AQSHda — 34 000 dollar etib belgilangan, bu Chevrolet Bolt mashinasi haqiqatdan «xalqona» elektrokar bo‘lishidan darak bermoqda. Mashina elektrik motor bilan jihozlangan bo‘lib, 200 ot kuchi va 360 Nm aylantirish kuchiga ega. Tezligining 0dan 100 km/soatga yetishi taxminan 7 soniyaga teng bî‘ladi.

bolt_19_11_2016_01

Chevrolet Bolt mashinasi 60 kVtch sig‘imli akkumulyator batareya bloki qo‘llanilgan. Mashinadan foydalanish sharoitiga aloqador holda bir marta quvvat olib, 380 km harakatlana oladi. Maksimal tezligi — 150 km/soat. Birinchi buyurtmachilarga Chevrolet Bolt elektromobili 2016-yil oxirida taqdim etila boshlaydi. Analitiklar fikriga ko‘ra, General Motors sotila boshlangandan keyingi birinchi yarim yillikda 30 mingga yaqin yangi elektromobillar xarid qilinisi mumkin.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq