TATUga “Tomsk davlat boshqaruv tizimlari va radioelektronikalar universiteti” va “Evroosiyo ilm-ta’limda hamkorlik qilish va rivojlantirish Sibir instituti” vakillarining tashrifi
19.11.2016
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

tatu_19_11_2016

2016 yil 9 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasining Tomsk davlat boshqaruv tizimlari va radioelektronikalar universiteti Ilmiy ishlar va inovatsiyalar bo‘yicha prorektor Mesheryakov Roman Valerevich va Yevroosiiyo ilm-ta’limda hamkorlik qilish va rivojlantirish Sibir instituti direktori Ksents Aleksandr Stepanovich va direktor o‘rinbosari Derenikyan Andranik Sedrakovichlar tashrif buyurdi.

Ushrashuvda mehmonlarga TATU rektori Teshabayev To‘lqin Zakirovich tomonidan Toshkent axborot texnologiyalar universitetining tarixi, mavjud fakultetlar, universitetning filiallari va hozirgi kunda universitetda olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Roman Valerevich tomonidan ham Tomsk davlat boshqaruv tizimlari va radioelektronikalar universitetida mavjud bakalavr va magistratura yo‘nalishlari, ilmiy loyihalar va laboratoriyalar haqida umumiy ma’lumotlar berildi. Jumladan, universitetda 8 ta Ilmiy tadqiqot instituti mavjudligi, Avtomatika va Elektromexanika, Elektron tizimlar, Telekommunikatsiya tizimlari, Radiotexnika tizimlari, Sanoatga yo‘naltirilgan elektronika, Aloqa vositalari yordamida Elektron texnologik qurilmalar, Kosmik texnologiyalar, Svetodiod texnologiyalari kabi ilmiy yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilayotganligi ta‘kidlandi.

Uchrashuv davomida ikki universitet o‘rtasida yaqin aloqa o‘rnatish muhokama qilindi, unga binoan, TATU hamda Tomsk davlat boshqaruv tizimlari va radioelektronikalar universiteti bilan kelajakda o‘qituvchi-professorlar almashinuvi, talabalar almashinuvi, ilmiy ishlar bo‘yicha hamkorlik loyihalari yuzasidan kelishib olindi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq