Szya Szya ismli robot-qiz
19.11.2016
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

rob_19_11_2016

Xitoyning Xefey shahri muhandislari Szya Szya ismli «robot-malika»ni yaratdilar. Android xuddi ikki tomchi suvdek, jonli odamga o‘xshaydi. Qurilma odamlar bilan muloqot qilish uchun kuchli sun’iy intellekt bilan jihozlangan.

Szya Szya robot-qiz shunchalik haqiqiyga o‘xshaydiki, uning tashqi qiyofasi haqiqiy qizlardan qolishmaydi. Ma’lumki, qurilma turli bulutli servislarga ulanishi mumkin, shuningdek, ovozni tanib, harakat va hattoki, suhbatdoshi qarashlaridan ta’sirlanishi mumkin. Taqdimot vaqtida Szya Szya ko‘rgazma tashrifchilarining shubhalanishiga va ularga yaqin bormaslikka sababchi bo‘lgandi. «Men juda semiz ko‘rinamanmi», — xafa bo‘lib, so‘ragandi robot. Loyiha mualliflari bunday robotlarni ommaviy ishlab chiqarish niyatlari yo‘qligini bildirdilar. «Szya Szya yagona bo‘lib qolishini istaymiz», — deydi muhandislar.

Manba: http://news.xinhuanet.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq