Saylov jarayonida axborot va so‘z erkinligini ta’minlash
19.11.2016
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

saylov_19_11_2016

Istiqlol yillarida mamlakatimizda saylov jarayonlarini demokratlashtirish, chinakam so‘z va axborot erkinligini ta’minlashning huquqiy asoslarini yaratishga katta e’tibor berildi. O‘zbekiston Respublikasi “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi, “Jurnalistik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunlari qabul qilinib, unda axborot va so‘z erkinligini ta’minlashning huquqiy asoslari mustahkamlab qo‘yildi.

Istiqlol yillarida mamlakatimizda saylov jarayonlarini demokratlashtirish, chinakam so‘z va axborot erkinligini ta’minlashning huquqiy asoslarini yaratishga katta e’tibor berildi. O‘zbekiston Respublikasi “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi, “Jurnalistik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunlari qabul qilinib, unda axborot va so‘z erkinligini ta’minlashning huquqiy asoslari mustahkamlab qo‘yildi.

Bu sohaning huquqiy asoslarini mustahkamladi. Natijada saylov jarayonlarida ommaviy axborot vositalarining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun qulay sharoitlar yaratildi. Saylov jarayoni subyektlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, haqiqiy demokratik, shaffof va adolatli saylovlarni tashkil etishda muhim asos bo‘ldi. Fuqarolarning erkin xohish bildirishi va mustaqil tanlov huquqini amalga oshirishi bevosita axborot sohasidagi axborotni olish va tarqatish erkinligiga asoslanadi.

O‘zbekiston Respublikasi «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi, «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi Qonunlarning qabul qilinishi fuqarolarning axborot huquqini amalga oshirish bo‘yicha davlat kafolatlarini kengaytirish hamda davlat organlari ixtiyorida bo‘lgan axborotlardan jismoniy va yuridik shaxslarning moneliksiz foydalanishini ta’minlash uchun huquqiy asosni shakllantirishda muhim ijtimoiy-siyosiy ahamiyat kasb etdi.

Ommaviy axborot vositalari demokratik jarayonlarning subyekti hisoblanib, saylovlarni tayyorlash hamda o‘tkazish davrida o‘ziga xos muhim siyosiy rol o‘ynaydi va ushbu jarayonda saylovchilarni xabardor qilish, saylovoldi tashviqoti vositasi va jamoatchilik nazoratining muhim shakli bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun ham mustaqillik yillarida, saylovlarni o‘tkazish davrida muhim ma’rifiy va kommunikatsion rol o‘ynovchi milliy mass-medianing jadal rivojlanganligini ko‘ramiz. Bugungi kunda ommaviy axborot vositalarining soni bosma, tele-radio-studiyalar, axborot agentliklari bilan birgalikda 1463taga yetdi, internet-nashrlar soni esa 380tadan ko‘p.

Ushbu veb-saytlar nafaqat o‘zbek va rus tillarida, balki dunyoning yettita tillaridagi tarjimasiga ham ega. Bu esa saylov jarayonini ishonchli va haqqoniy yoritishda jurnalistlarning kasb mahorati, elektron ommaviy axborot vositalari orqali saylov jarayonidan aholi xabardorligini ta’minlashning amaliy jihatlari, shuningdek, saylov jarayonining ochiqligi va shaffofligini ta’minlashda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish uchun keng imkoniyatlar yaratilganligidan dalolatdir.

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish saylov jarayonining ochiqligi va shaffofligini ta’minlashning muhim vositalaridan biridir. Bugungi kunda «.UZ» zonasi doirasidagi faol domen nomlari soni 29,7 mingdan ortiqni tashkil etmoqda. Internet tarmog‘idagi milliy veb-saytlardan har oylik foydalanuvchilar soni o‘rtacha 27,7 mln. kishini tashkil etib, ularning 54 foizdan ortig‘i mobil qurilmalar orqali foydalanuvchilar hisoblanadi.

Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlar natijasida xalqaro Internet kanalining o‘tkazuvchanlik qobiliyati 2016-yilda 2 baravar oshirilib, 80 Gbit/s.ga yetkazildi, Internet tarmog‘idan foydalanish tezligi esa 41,9 Gbit/s.gacha (o‘sish 193%) kengaytirildi. Shu bilan birga, Internet kanali narxining 49,0 foizga tushirilishi, Internet tarmog‘idan foydalanuvchilar sonini 13,069 mln.ga yetkazish imkonini berdi.

Saylov jarayonlarida ommaviy axborot vositalari faoliyati samaradorligini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar faoliyati to‘g‘risida fuqarolarni xabardor qilishning eng so‘nggi texnologiyalaridan foydalanilmoqda. Shuningdek, yetakchi milliy ommaviy axborot vositalarining siyosiy partiyalar va saylov komissiyalari bilan jurnalist faoliyatini tashkil etish borasida samarali va foydali tajribalari bilan tanishish imkoni yaratildi. Bu esa mamlakatimizda saylovlarni ochiq-oshkora o‘tishi uchun xizmat qiladigan demokratik muhitning shakllanganini ko‘rsatib turibdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlarining xolisona yoritib borilishi, fuqarolarni ishonchli axborotlar bilan ta’minlash imkonini beradi. Bu esa mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga o‘tkaziladigan saylovlarning ochiqligi va shaffofligini, eng muhimi qonuniyligini ta’minlaydi.

Mualif: No‘mon Akbarov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi a’zosi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq