Rossiyalik olimlar 1,5 km masofadan smartfonni quvvat bilan ta’minlashga erishdilar
19.11.2016
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

ros_19_11_2016

«Energiya» raketa-kosmik korporatsiya (RKK) simsiz quvvat uzatish uchun mo‘ljallangan yer usti qurilmalarini sinovdan o‘tkazdi. Tajriba muvaffaqiyatli amalga oshdi: 5 Vt quvvatga ega lazer nuri yordamida 1,5 km masofadan turib, mobil telefoniga quvvat uzatildi. RBKda «Energiya» RKK matbuot-xizmati vakillari tushuntirishlaricha, lazer nuri maxsus nur taratuvchi va qabul qiluvchi qurilma yordamida nur energiyasiga aylanadi. Endi tizimdan foydalanib, koinotda shunday tajribadan o‘tkazish zarur. Raketa-kosmik korporatsiya muhandislari mazkur texnologiya kelajagiga ishonadilar. Yaqin oylar mobaynida korxonalar mutaxassislari masofadan kichik boshqaruvchisiz qurilmalarni quvvatlantirishda foydalanilishi mumkin, bir yildan keyin esa tizim «katta professional boshqaruvchisiz qurilmalar»da ishlashda ham qo‘llanilishi mumkin.

Kosmik eksperimentda XKS(MKS)dan energiyani «Progress» transport yuk kemasiga stansiyadan bir–ikki kilometr masofaga uzatish rejalashtirilgan. RKK tajriba poligonida nurni tizimni sozlash uchun maxsus trassani tayyorladilar va unga bir-biridan 1,5 km masofadan nur taratgich hamda qabul qilgichni joylashtirdilar. Ishlab chiquvchilar bergan baholariga muvofiq, butun KPD trakti 10–20 foizni tashkil etadi, biroq uni yana 30 foizga ko‘tarishga barcha imkoniyat mavjud. Bunday lazer tizimlari kelajakda elektr energiyasini kosmik apparatlardan boshqa kos­mik apparatlarga qabul qilgich-qayta tashkil qilish uskunalari bilan jihozlangan kuchli energetik qurilmalar orqali uzatish imkonini beradi. Bu kosmik fazoni o‘zlashtirishda yangi ufqlarni ochadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq