Robotnik RESCUER CBRN – xavfli ishlarni amalga oshiruvchi mobil robot
19.11.2016
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Hayotda xavfli sharoitlarga tez-tez uchraydigan, masalan, yuqori harorat ostida (faol amal qilayotgan vulqon) yoki aksincha juda sovuq (arktika missiyasi), namlik, yuqori bosim ostida (okean tubida), tor makonda (quvurlar ichida), yoki CBRN — kimyoviy, biologik, radiologik va yadroviy sohalar bilan bog‘liq obyektlarda ishlashga to‘g‘ri keladigan kasblar mavjud.

rescuer_19_11_2016

Mazkur xavfli ishlarda ishlash uchun Robotnik kompaniyasi tomonidan RESCUER CBRN roboti yaratildi. Qurilma ikki kinematik konfiguratsiyalarda taqdim etildi, — xabar beradi Robotics.ua. Mazkur platformaning o‘ziga xos ajoyib xususiyati uning yuqori darajada mobilligidan tashqari, har qanday sharoitda ishlay olishidir. IP67 mobil manipulyatori konstruksiyasi asosiga suv o‘tkazmaslik kiritilgan. Ixtisoslashgan robotlar CBRN muhitida o‘ziga xos muhim o‘rin tutadi. Masalan, yadro reaktorini demontaj qilish uchun operator-mutaxassis robotdan foydalanish juda katta ahamiyatga molik. Agar bu ishni odam bajarsa, bu uning hayotiga juda katta xavf soladi, robotdan foydalanish xarajatlarni va xavfni kamaytiradi, biroq hozircha qimmat tushadigan variant bo‘lib qolmoqda.

2016-yil Yevropa robototexnika forumida Bremene DFKI Robotics Innovatsion markazidan Thomas Vogele va Cybernetix dan Joyol Vanden Bosch xavfli sharoitlarda ishlashga mo‘ljallangan robot ishlanmasi uchun ayrim strategiya va konsepsiyasini taqdim etdilar. Robot ishlab chiqish uchun ishonchlilik darajasini yanada oshirish va yaxshilash imkoniyatiga ega bo‘lmagan sodda modelga nisbatan eng oddiy konsepsiya va dizayni hamda texnologiyalardan boshlash juda muhim. Shu tariqa, hatto apparat vositalari va dasturiy ta’minoti ko‘p marta foydalanilgan bo‘lsada, robotni yanada aqlli va ishonchlilashtirish mumkin. Jamoa bu uzoq rivojlanish bosqichlaridan o‘tishi va tijorat bosqichiga yetkazilishi, iste’molchilarni tushunishlari zarurligini bilishlari kerak.

Bundan tashqari, puxta o‘ylab ishlab chiqilishi shart bo‘lgan testdan o‘tkazish jarayoniga ham katta e’tibor qaratish zarur. Robotni oddiy materiallardan, an’anaviy usulda loyihalashtirish faqat shunchaki kundalik hayotga to‘g‘ri kelishi mumkin, biroq xavfli vaziyatlarga mos kelmaydi. Aynan shuning uchun ham to‘liq miqyosli, xavfli vaziyatlarda boshqarish mumkin bo‘ladigan modelni yaratish zarur. Aslida, robotning ishonchliligi vaziyat murakkab bo‘lgan xavfli muhitlarda zararlangan tizimlarni tiklashda ham juda muhim. Nihoyat muvaffaqiyatli rivojlanishning asosiy jihatlaridan yana biri muntazam tizimni takomillashtirish uchun o‘quv markazida va haqqiy hayot imitatsiyasi 3D virtual xonalardir. Xavfli vaziyatlar uchun robototexnikadan foydalanish bu sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan juda muhim rivojlanayotgan sektordir. Bundan tashqari, xavfli vaziyatlarda muvaffaqiyatli ishlash uchun resurslar va ekologik bilimlar talab etiladi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq