Plobot – ta’limiy dasturlashtirilgan bolalar roboti
19.11.2016
Rukn: Texnologiya.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Bolalarni o‘qitishga yordam beruvchi ta’limiy dasturlashtirilgan robotlar xalqaro bozorlarda borgan sayin ko‘p paydo bo‘lmoqda. Biroq Arduino asosidagi yangi Plobot apparati 4 dan 8 yoshgacha bolalar uchun samarali yondashuv sifatida juda oddiy qurilma. Robotni dasturlashtirish uchun shunchaki uning ko‘zlariga yaqin keltirib, funksional harakat kartalaridan birini ko‘rsatib, buyruq berish zarur.
Har bir funksional harakat kartasi robotga ma’lum bir funksiyani beruvchi kodlar blokidan iborat. Shu tariqa, bolalar kodni yozish qiyin deb tushunmaydilar. Plobot buyruqlarni unga kiritilgan RFID-skaner orqali darhol qabul qiladi. U labirint to‘siqlari orqali harakatlana oladi, musiqa ohanglari va turli ranglarda shu’la taratadi, yaqin obyektlarni sezadi va ko‘plab, boshqa amallarni bajara oladi. Plobot ikki turdagi kartani namoyon etadi: funksional harakat kartalari, biroq ularni kengaytirish imkoni ham mavjud. Masalan, rangli kartalar birlashtirilib, Plobot turli rangda shu’la taratishga majbur qiladi.
Nyu-York Shanxay universiteti professori, Plobot yaratuvchisi Rodolfo Kossovich Plobotni qanchalik tez kodlashtirish mumkinligini namoyish etdi. U Plobotda foydalanadigan funksional harakat kartalarining ketma-ketligi quyidagicha: 2 marta oldinga, 2 marta o‘ngga burish, 2 marta chapga burish. Kossovich aytishicha, o‘nlab boshqa funksiyalarga ega bir ketma-ketlikda 50 qadam imkoniyati mavjud. «Hisoblash tafakkuri navbatdagi avlod uchun savodxonlik asosi bo‘lib hisoblanadi. Plobot bolalarga bekordan-bekor ekran oldida o‘tirmaslik imkonini berdi», — deydi Cossovich. — «Ko‘plab ota-onalar Plobotni robototexnikani noldan o‘zlashtirishning jismoniy versiyasi sifatida o‘yin bilan uyg‘unlashtirib, bolalarda mantiqiy tafakkurni rivojlantiradi» — deb baholamoqdalar. Har bir vazifani ketma-ketlikdagi qadamlarga bo‘lib, bolalar muammolarni hal etish hamda ijodiy tafakkurni amalga oshiradilar va kodlashtirishning asosiy tushunchalarini variantlar, shartlar va bo‘g‘inlar sifatida o‘rganadilar. «Vazifalarni mayda vazifachalarga bo‘lib, obrazlarni taniydilar, kundalik hayotda zarur bo‘ladigan mavhumlarni ajratib, algoritmlarni shakllantirish bilan muhim yangi malakalarni orttiradilar», — deydi Milliy robototexnika Karnegi Mellona markazi (NREC) katta muhandisi Tekin Merikli. «Plobot keyingi avlodni ularning haqiqiy savodxon va bilimdon bo‘lishga tayyorlash uchun juda foydali vositalarni taqdim etadi».