“LINUX” operatsion muhitidan foydanishni o‘rgatishning nazariy usuli
19.11.2016
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

linux_19_11_2016

«Linux» operatsion tizimida ishlash ko‘nikmalari va tarmoqli texnologiyalarni o‘rgatish uslubining asosida o‘qitishning uslubiy tizimi modelini qo‘llash maqsadga muvofiq.

Ma’lumki, hozirgi kunda ta’lim jarayonlarini zamonaviy axborot — kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), internet tizimisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu maqsadda multimediali umumta’lim dasturlarni rivojlantirish markazi tashkil etilishi, multimedia vositalari, o‘quv adabiyotlari va qo‘llanmalarning elektron variantini yaratish ishi yo‘lga qo‘yilgani o‘quv-tarbiya jarayonini bugungi taraqqiyot, milliy va umumbashariy tafakkur yutuqlari bilan uzviy bog‘liq holda tashkil etish, ularning sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. O‘quv muassasasining axborot ta’lim muhiti yagona axborot ta’lim sohasining tarkibi deb qaralib, shakllanishi va rivojlanishi axborot ta’lim dasturi doirasida amalga oshirilmoqda. Turli darajali ta’lim muassasalarida ta’limni axborotlashtirish sharoitlarida o‘quv jarayoni nazariyasi va amaliyoti rivojlanishining muhim komponenti bo‘lib, texnologiya tarmog‘idan foydalanadigan o‘quv muassasasini axborot ta’lim muhitining tarkibiy qismini tashkil qiluvchi axborot ta’lim tizimi hisoblanadi.

Shu sababli ta’lim muassasasining axborot ta’lim muhiti me’yoriy faoliyat ko‘rsatish sharoitlaridan biri — nafaqat innovatsiya elementlari bilan o‘quv jarayonini tashkil etish va bu muhitni qo‘llaydigan malakali pedagoglar, balki uni dasturiy texnik jihatdan olib boruvchi malakali mutaxassislar bo‘lishi ham zarur. Hozirgi vaqtda o‘quv muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkiliy-texnologik qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydigan dasturiy-texnik o‘quv-uslubiy komplekslarni ishlab chiqish dolzarblik va muhimlik darajasi oshib bormoqda. Bunda o‘quv muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkiliy-texnologik qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash o‘quv kompyuterli tarmoq (O‘KT)ning asosiy tavsiyasi bo‘lib hisoblanadi. Bu tarmoqli texnologiyalar sohasida tayyorlov tizimi invariantligi haqida xulosa chiqarishga yordam beradi. Ta’lim muassasasining umumlashtirilgan O‘KT tuzishilishi ikki segmentni: boshqaruvchi va o‘quv segmentini o‘z ichiga oladi. Rasmiy tarzda ta’lim muassasasining O‘KTda undan foydalanishning ikki darajasini ajratish mumkin: 1. O‘quv-tarbiya jarayonining barcha ishtirokchilari kiruvchi foydalanuvchi darajasi (o‘qitish va o‘qish). 2. AT-mutaxassis darajasi, — ma’muriyat sohasida kasbiy salohiyatga (kompetentlikka) ega O‘KTning tizimli ma’muriyati tushuniladi.

Ta’lim muassasasida tarmoqli administrator rolini qoidaga ko‘ra informatika bo‘yicha o‘qituvchi bajaradi, bu O‘KTni boshqarish sohasida uning tayyorlanishiga chuqur kasbiy bilimga ega bo‘lishini shakllantirish bilan bog‘liq savollar kiritilishi muhimligini bildiradi. Loyihalash jarayoni va tarmoqni qurish, kompyuter tarmog‘i administratori tomonidan hal qilinuvchi kasbiy vazifalar standartlashtirish bo‘yicha Xalqaro tashkilot tavsiyalariga muvofiq ajratilishi lozim (ISO). Bu vazifalar beshta asosiy sohani o‘z ichiga oladi (1-rasm).

linux_19_11_2016_01

1-rasm. Vazifalar standartlashtirish bo‘yicha belgilangan asosiy sohalar

Dasturiy ta’minot va axborot texnologiyalarni rivojlantirishning texnologik amaliyotda yetakchi yo‘nalishlaridan biri sifatida virtual mashinalarning ilovalar qo‘shilgan (VM ilovasi) amaliy vazifalarini yechish hisoblanadi (2-rasm). Tahlil quyidagilar haqida dalolat beradi:

linux_19_11_2016_02

2-rasm. Virtual mashina ilovalari qo‘shilgan amaliy mashg‘ulot tahlili

Turli kasbiy vazifalar orasida virtual mashinalardan foydalangan holda «Linux» operatsion tizimida ishning asoslariga bo‘lajak mutaxassislarni o‘qitishda yuzaga keluvchi o‘quv vazifalari alohida ajralib turadi. Bo‘lajak AT-mutaxassisining chuqur kasbiy bilimga egaligining shakllanishi faoliyatli yondashishni amalga oshirish, ya’ni zamonaviy dasturiy ta’minot bilan amaliy qobiliyat va ko‘nikmalarni ishlab chiqishga asoslangan o‘qitishning mazmunini tanlash bilan ta’minlanadi (3-rasm.).

linux_19_11_2016_03

3-rasm. Axborot texnologiyalari sohasida o‘quv vazifalarni yechishda foydalanish mumkin bo‘lgan virtual mashina ilovasi

«Linux» operatsion tizimida ishning asoslariga o‘rgatish uslubida axborot texnologiyalari bo‘yicha bo‘lajak mutaxassisni tayyorlashda chuqur bilim bilan yondashish muhim o‘rin egallaydi. AT-mutaxassisining maxsus (maxsuslashtirilgan) tarkibiy darajalari quyidagilar hisoblanadi: kalitli, asosli va maxsus. Bo‘lajak mutaxassisning chuqur kasbiy bilmga egaligining ajratilgan tarkibi asosida o‘quv kompyuterli tarmoq sohasida uning kasbiy vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin (4-rasm).

linux_19_11_2016_04

4-rasm. Kompyuter tarmoq sohasidagi kasbiy vazifalar

Virtual mashinalardan foydalangan holda «Linux» operatsion muhitida ishning asosiga o‘rgatish konsepsiyasi asosida tarmoqli rasmiylashtirish faoliyati kabi tushunilishi yotadi, jarayonda quyidagilar kuzatiladi:

  • ta’lim muassasalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim muassasasini keng ma’noda axborot-ta’lim muhiti bilan boshqarish amalga oshiriladi;
  • ta’lim muassasasining axborot-ta’lim tizimini rivojlantirishga yo‘naltirilgan tor ma’noda O‘KTni boshqarish (undan foydalanish, loyihalash, xizmat ko‘rsatish va rasmiylashtirish kontekstida) sodir bo‘ladi (masalan, raqamli ta’lim resurslaridan foydalanish, axborot ta’minot va ta’lim jarayonida subyektlarning o‘zaro ta’siri).
  • «Linux» operatsion tizimida ish ko‘nikmalariga o‘rgatish konsepsiyasiga asoslangan ta’lim sohasida tarmoqli texnologiyalar nazariyasining amaliy ilovasida ikki yo‘nalishni ajratish mumkin (5-rasm).
  • linux_19_11_2016_05
    5-rasm. Tarmoqli texnologiyalar nazariyasining amaliy ilovasi

Tarmoqli texnologiyalar sohasida mutaxassisni o‘qitishning konsepsiyasi asosini tashkil qiluvchi va ularni turli darajadagi ta’lim tiziminining O‘KT ni rasmiylashtirishda foydalaniladi (6-rasm).

linux_19_11_2016_06

6-rasm. Mutaxassisni o‘qitishning konsepsiyasi asosini tashkil qiluvchilari

O‘qitishda asosiy yondashuvlar quyidagilar hisoblanadi:

  • talabalarning universal qobiliyatlarini rivojlantirish uchun ularni natijalarga erishishga yo‘naltirishda sharoit yaratuvchi faoliyatning pedagogik tamoyillari, o‘rnatilishi va usullari sifatida chuqur bilimga egalik, o‘zlashtirilgan ma’lumotlarning summasi emas, balki turli muammoli vaziyatlarda mutaxassisning harakat qilish qobiliyati sifat deb qaraladi: bunda o‘qitishni tashkillashtirish o‘quv faoliyatini muayyan kasbiy vazifalarni yechish bo‘yicha faoliyatga yaqinlashtiriladi;
  • modulli yondashuv (an’anaviy-modulli), talabaga o‘quv mazmunini mustaqil o‘zlashtirishga, o‘qituvchiga esa o‘quv jarayonini variativ tashkillashtirishga imkon yaratadi.

Axborot texnologiyalari sohasida mutaxassisning strukturali komponentiga mos keluvchi (o‘quv kompyuter tarmog‘ining tizimli ma’muri) o‘qitishning asosiy usuli sifatida maqsadga muvofiq, vazifalari usulini tanlash muhim. Shunday qilib, taklif qilinayotgan o‘qitish konsepsiyasi shundan iboratki, bo‘lajak mutaxassislarni loyihalash, foydalanish, sozlash va O‘KTni rasmiylashtirish bo‘yicha axborot texnologiyalarga o‘qitish maxsus dasturiy ta’minot — virtual mashinalar ilovalaridan foydalangan holda kasbiy vazifalarni yechish yordamida amalga oshiriladi. Kompyuterning telekommunikatsiya tarmog‘i ma’muriyatchilik darajasida bo‘lajak AT-mutaxassislarining maxsuslashtirilgan chuqur bilimga egaligini aniqlovchi o‘qitishning uslubiy tizimida vazifalar yig‘indisi yoritilgan. Maqsadga muvofiq tanlangan vazifalar o‘qitishning bazali usuli bo‘lib hisoblanadi va kompyuter tarmog‘idan foydalanish, loyihalash, sozlash, xizmat ko‘rsatish va rasmiylashtirish sohasida AT-mutaxassis faoliyatining asosiy bosqichlarini aks ettiradi.

Mualif: Dilshod Mirzayeв, TATU, katta ilmiy xodim-izlanuvchi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq