Industrial radioxalaqitlar, ularni bartaraf etish usullari
19.11.2016
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

ind_19_11_2016

Industrial radioxalaqitlar — radioto‘lqinlarni uzatish uchun mo‘ljallanmagan texnik vositalar tomonidan vujudga keladigan radiochastota spektri diapozonidagi elektromagnit tarqatishlardir [1]. Aloqa tarmoqdariga qo‘yiluvchi texnik talablar yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan elektromagnit xalaqitlar hosil bo‘lishiga olib kelmasligini kafolatlash uchun aloqa tarmoqlarida elektromagnit moslashuvchanlik talablarini ko‘rib chiqish kerak. Foydali signallarni simmetrik kuchlanishlari va toklarining darajalari tartibga solinmagan. Axborot texnologiya uskunasi (ATU)da bo‘lishi mumkin bo‘lgan signallarning simmetrik kuchlanishi va toklarining maksimal yo‘l qo‘yiluvchi darajalariga qaramay, aloqa portlari, kabellar yoki tarmoqlarining (bo‘ylama o‘tuvchi so‘nishi) elektr simmetriyasiga bog‘liq. ATUning foydali signallari yerga nisbatan umumiy simmetrik bo‘lmagan qarshilikda yo‘l qo‘yilmaydigan Industrial radioxalaqitlar (IRX) ko‘rinishida namoyon bo‘lmasligi kerak.

Industrial radioxalaqitlar — radioto‘lqinlarni uzatish uchun mo‘ljallanmagan texnik vositalar tomonidan vujudga keladigan radiochastota spektri diapozonidagi elektromagnit tarqatishlardir [1]. Aloqa tarmoqdariga qo‘yiluvchi texnik talablar yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan elektromagnit xalaqitlar hosil bo‘lishiga olib kelmasligini kafolatlash uchun aloqa tarmoqlarida elektromagnit moslashuvchanlik talablarini ko‘rib chiqish kerak. Foydali signallarni simmetrik kuchlanishlari va toklarining darajalari tartibga solinmagan. Axborot texnologiya uskunasi (ATU)da bo‘lishi mumkin bo‘lgan signallarning simmetrik kuchlanishi va toklarining maksimal yo‘l qo‘yiluvchi darajalariga qaramay, aloqa portlari, kabellar yoki tarmoqlarining (bo‘ylama o‘tuvchi so‘nishi) elektr simmetriyasiga bog‘liq. ATUning foydali signallari yerga nisbatan umumiy simmetrik bo‘lmagan qarshilikda yo‘l qo‘yilmaydigan Industrial radioxalaqitlar (IRX) ko‘rinishida namoyon bo‘lmasligi kerak.

Telekommunikatsiya texnologiyalari uskunalaridan yuzaga keluvchi industrial radioxalaqitlarning ishonchli o‘lchashlarini o‘tkazish uchun turli xil ko‘rinishlardagi lokal tarmoqlardan foydalanilganda lokal foydalanish 10% ortiq imkoniyatli sharoit yara­tish va bu darajani kamida 250 ms davomida ushlab turishi zarur. Sinovlardagi ma’lumotlar almashinuvini haqiqiy sharoitlarga o‘xshatish uchun lokal tarmoqda tasodifiy xabarlar (masalan, arxivlashtirilgan va shifrlangan fayllar) va davriy xabarlar (masalan, zichlashtirilmagan grafikli fayllar, xotira ma’lumotlari) uzatishni nazarda tutilishi zarur. Agar lokal tarmoq jim turish (pauza) davrlari davomida uzatishni qo‘llasa, u holda o‘lchashlar jim turish davrla­rida ham o‘tkaziladi [2].

Aloqa portlaridagi Industrial radioxalaqitlar (IRX) kuchlanish­larini o‘lchashni o‘tkazishda Industrial radioxalaqitlar o‘lchagichi­ga ulanishni ta’minlovchi tarmoqning to‘la qarshiligi ekvivalenti (TTKE)dan foydalaniladi, chunki ular to‘la umumiy simmetrik bo‘lmagan qarshilikning talablariga javob beradi. Agar Industrial radioxalaqitlarning kuchlanishini o‘lchash bir simmetrik bo‘lmagan juftlikda o‘tkazilsa, juft sim uchun mos keluvchi TTKE dan foydalaniladi. O‘lchashlar ikki simmetrik juftlikdan tashkil topgan ekranlanmagan kabellarda o‘tkazilganda to‘rt sim uchun tegishli TTKEdan foydalaniladi. Sinov vaqtini kamaytirish uchun kvazipik detektorli IRX o‘lchagichi o‘rniga pik detektorli IRX o‘lchagichidan foydalanishga ruxsat beriladi. Bahsli holatlarda IRXning kvazipik qiymatlarini o‘lchash natijalari ustunlikka ega bo‘ladi.

Antenna simmetrik vibrator (dipol)dan iborat bo‘lishi zarur. 80 MGts va undan yuqori chastotalarda sozlanuvchi yarim to‘lqinli simmetrik vibratordan foydalaniladi. 80 MGts dan past chastotalarda simmetrik vibrator ishlatiladi, uning o‘lchami chastotadagi yarim to‘lqin simmetrik vibrator uzunligiga teng [2]. Nurla­nuvchi maydonni o‘lchash antenna markazi va antennaga yaqin sinov uskunasi(SU)ning chegarasining proyeksiyalari orasidagi masofa aniqlangan, o‘lchov masofasiga mos kelgan masofaga o‘rnatilgan antennadan foydalanib, amalga oshiriladi. SUning chegarasi SUni o‘rab olgan, sodda geometrik shaklni tasvirlovchi faraz qilingan chiziq bilan aniqlanadi. Axborot texnologiya uskunasi (ATU)ning barcha o‘lchovchi va ichki tizim kabellari bu chiziq ichida joylashadi. Agar 10 m masofada IRXning maydon kuchlanganligini, begona radioxalaqitlar darajasining yuqoriligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra o‘lchash mumkin bo‘lmasa, u holda B sinfli ATUlarning sinovi yaqinroq, masofalarda, masalan, 3mda o‘tkaziladi.

Ma’lum masofalarga me’yorlarni keltirib chiqarish uchun o‘lchov masofasining o‘zgarish dekadasiga to‘g‘ri keluvchi 20 dB teskari mutanosiblik koeffitsiyentidan foydalaniladi. 30 MHzga yaqin chastotalarni 3m masofada o‘tkaziladigan o‘lchashda, katta o‘lchamli uskunalarni sinashda yaqin maydonning qo‘shilib ketishi mumkinligi tufayli ehtiyot bo‘lish zarur. Sinov uskunasi(SU)ga nisbatan antennaning azimuti sinov vaqtida IRX ning maydon kuchlanganligi kattaligi bo‘yicha maksimal ko‘rsatkichlarni olish uchun o‘zgartiriladi. SU aylantirishga ruxsat beriladi. Agar bu amalda mumkin bo‘lmasa, unda SU o‘zgarmas holda saqlanadi va o‘lchash SU atrofida o‘tkaziladi. O‘lchash davrida IRXning maydon kuchlanganligi bo‘yicha maksimal ko‘rsatkichni aniqlash uchun antenna qutblanishi ham (gorizontal va vertikal) o‘zgar­tiriladi.

O‘lchov maydonchasi 30dan 1000 MHz gacha chastotalar polosasida gorizontal va vertikal qutblanishda elektromagnit maydoni so‘nishini, o‘lchash yo‘li bilan tekshiriladi. Qabul qiluvchi va uzatuvchi antennalar orasidagi masofa sinov vaqtida IRX maydon kuchlanganligini o‘lchash kabi bo‘lishi kerak. Axborot tizimi uskunalarning turli xil asosiy bloklari (masalan, raqamli aloqa tarmoq­larining interfeyslari, markaziy protsessorlar, adapterlar platalari va boshqalar)ning imkoniyatlarini oshirish uchun foydalaniluv­chi tayyorlanadigan alohida bosmali platalarni yig‘ish, ularni o‘rnatishda sinaladi, juda bo‘lmaganda yig‘ishni tayyorlovchining tanlovi bo‘yicha asosiy xususiyatga ega bo‘lgan bir blokda sinaladi. Bu yig‘ishlarni shu bloklarga o‘rnatish — mo‘ljallangan axborot ti­zimi uskunalarning asosiy bloklarining elementlari bo‘yicha yig‘ishning muvofiqligini kafolatlash imkonini beradi [5].

Aloqa porti, kabeli yoki tarmog‘ining bo‘ylama o‘tishining so‘ni­shi keltiradigan port, kabel yoki tarmoqdagi signallar simmetrik kuchlanishini ma’lum qismi va ushbu me’yorlari o‘rnatilgan IRX­ning umumiy simmetrik bo‘lmagan kuchlanish va toklari o‘zgaradi. Keltirilgan IRX atrofga nurlanuvchi radioxalaqitlar manbaidan va minimumgacha cheklanishi kerak. Nominal simmetrik aloqa portida yoki uzatish liniyasi, masalan, o‘ralgan juft simlarda hosil bo‘luvchi IRXning umumiy simmetrik bo‘lmagan kuchlanish va toklari port yoki aloqa liniyasini ekranlashtirish bo‘yicha tasvirlardan qa­t’iy nazar, nazorat qilinishi va cheklanishi kerak. Agar ekranlash­tirilgan muhit qo‘llanilsa, ekranni o‘zining va ekran ulagichlarining kamchiliklari kattagina elektr bir jinsli bo‘lmasliklariga olib kelishi mumkin, shu bilan birga, ekran muhitida hosil bo‘luvchi IRXning umumiy simmetrik bo‘lmagan kuchlanish va toklarining bir qismi ekrandan tashqarida paydo bo‘ladi.

Aloqa tarmoqlariga tegishli texnik hujjatlarda keltiriluvchi simmetrik va bo‘ylama o‘tish so‘nishining yo‘l qo‘yiluvchi qiymatlari foydali signalni uzatish sifati va tarmoqlardagi kesishuvchi xalaqitlarning tavsiflariga asoslangan va Davlat standartlarida tartibga solingan IRXning simmetrik bo‘lmagan kuchlanish va toklarini nazorat qilinishiga taalluqli emas[3].

Aloqa tarmoqlariga qo‘yiluvchi texnik talablar yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan elektromagnit xalaqitlar hosil bo‘lishiga olib kelmasligini kafolatlash uchun aloqa tarmoqlari uchun standartlarni ishlab chiqishda ba’zi kritik parametrlarga qo‘yiladigan elektromagnit moslashuvchanlik talablarini ko‘rib chiqish kerak. Samarqand viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari sa’yi-harakatlari bilan viloyatda tayyor mahsulotlar ishlab chiqaradigan o‘nta korxona mavjudligi va ularning ko‘pchiligi industrial radioxala­qitlar keltirib chiqarish mumkinligi aniqlangan, jumladan:

  • yuk avtomobillari ishlab chiqaradigan «JV MAN Auto-Uzbekistan» qo‘shma korxonasi;
  • avtobus va yuk avtomobillari ishlab chiqaradigan «Sam avto» MChJ;
  • mototsikllar ishlab chiqaradigan «SAMCHONGKENYU» qo‘shma korxonasi;
  • sovutkich va muzlatkichlar ishlab chiqaradigan «Sino» Aksiyadorlik jamiyati;
  • elektropechlar ishlab chiqaradigan «SAM-NUR-TAFVIZ» qo‘shma korxonalarini misol qilib, keltirish mumkin.

Bunday industrial radioxalaqitlar keltirib chiqarishning oldini olish maqsadida Samarqand viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati korxonasi tomonidan yuqorida nomlari zikr qilingan korxo­nalarga xat orqali murojaat qilinib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning nomlari, ularning muvofiqlik sertifikatlari hamda ushbu industrial xalaqit manbai bo‘lishi mumkin bo‘lgan texnik vosi­talarni, industrial xalaqit me’yorlariga tekshirilganligi bayonno­malarini taqdim etishi so‘ralgan. So‘rovnomalar asosida ko‘pchilik korxonalardan ijobiy javoblar olinib, viloyatdagi radioxalaqitlar soni oldingi yillarga nisbatan bir muncha kamayganligi yaqqol sezilib turibdi. Bunday industrial radioxalaqitlar keltirib chiqarili­shining oldini olish maqsadida EMMX korxonasi tomonidan yuqoridagi tashkilotlarga xat orqali murojaat qilinib, o‘zlarida ishlab chiqariladigan mahsulot turlari, ularning muvofiqlik sertifikatlari hamda ushbu tex­nik qurilmalar industrial radioxalaqitlar me’yor­lariga mos kelishligi to‘g‘risidagi bayonnoma nasxalarini taqdim etishlari so‘ralgan. Bu borada tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xulosa qilib aytganda, shu narsa ma’lum bo‘ldiki, bugungi kunda industrial radioxalaqitlar butun respublikamiz bo‘ylab keng tarqalgan bo‘lib, faqatgina Samarqand viloyatida o‘ndan ortiq ishlab chiqarish zavod va korxonalari, bir necha o‘nlab yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari industrial radioxalaqitlar manbalari sanaladi. Ularni o‘rganish va bartaraf etish bugungi kunning dolzarb mavzusidir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. O‘zR «Chastota spektri to‘g‘risida»gi Qonuni 1998-yil 25-dekabr
  2. O‘zbekiston Davlat standarti «Industrial radioxalaqitlar va ularni o‘lchash usullari» O‘zDSt 1032:2010 2010-yil 10.12.
  3. «Axborot texnologiyalari uskunalaridan yuzaga keluvchi industrial radioxalaqitlar». O‘zDSt 1038:2003
  4. «Maishiy jihozlar, elektr asboblar va shunga o‘xshash qurilmalardan hosil bo‘ladigan industrial radioxalaqitlar». O‘zDSt 1187:2008
  5. Гурина Л. А. «Электромагнитные помехи и методы защиты от них», Благовещенск, 2006 — 104 с.

Mualif: Abdug‘afur Hotamov, Samarqand viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati boshlig‘i, TATU Samarqand filiali katta o‘qituvchisi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq