Demokratik islohotlar asosi
19.11.2016
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

dem_19_11_2016

Istiqlolimizning ilk kunlaridan boshlab yurtimizda demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyati qurishning umumiy strategiyasini amalga oshirish doirasida qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, sud-huquq tizimini isloh qilish yuzasidan chora-tadbirlar izchil amalga oshirib kelinmoqda.

Istiqlolimizning ilk kunlaridan boshlab yurtimizda demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyati qurishning umumiy strategiyasini amalga oshirish doirasida qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, sud-huquq tizimini isloh qilish yuzasidan chora-tadbirlar izchil amalga oshirib kelinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi — mustaqil davlatimizning asosiy Qonuni sifatida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, demokratik islohotlar va yangilanishlarga mustahkam huquqiy zamin sifatida xizmat qilayotganligi, O‘zbekiston Respublikasi o‘zining 25 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘lida erishgan barcha natijalar, xususan, inson huquqlari va erkinliklarining ta’minlanishi, davlat boshqaruvining eng samarali mexanizmining joriy etilishi, fuqarolik jamiyati asoslarining vujudga kelishi va rivojlanishi kabi yutuqlarning asosi bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu boisdan, sud-huquq tizimi faoliyatida amalga oshirilgan keng qamrovli ishlar bilan bir qatorda, sohada o‘z yechimini kutayotgan ko‘plab muammolar mavjudligini inobatga olib, sud tizimida islohotlarni amalga oshirish O‘zLiDeP partiyasining asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Shunga asosan, barcha darajadagi rahbar va mas’ul xodimlarning og‘zaki va yozma murojaatlar bilan ishlashga bo‘lgan munosabatini tubdan o‘zgartirish bo‘yicha har bir holat va vaziyat yuzasidan hokim, ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i va prokurorning aholi vakillari oldida hisobot berishini ko‘zda tutadigan yangi tizim joriy etish ko‘zda tutilmoqda.

Ma’lumki, 2014-yil 16-apreldagi «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (32, 78, 93, 98, 103 va 117-moddalariga)»gi O‘RQ-367-sonli Qonun mamlakatimizda iqtisodiy-ijtimoiy hamda siyosiy islohotlarni amalga oshirishda yana bir muhim qadam bo‘ldi.

Yurtimizda saylov qonunchiligiga kiritilayotgan yangiliklar saylovlarni adolatli, ochiq-oshkora, qonuniy, xalqaro normalarga mos tarzda o‘tkazish barobarida, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvida faol ishtirok etishi bilan bog‘liq siyosiy huquqlarini kafolatlashga, mamlakatimizda davlat hokimiyati vakillik organlarining demokratik tamoyillar asosida shakllanishiga, siyosiy partiyalarning mazkur jarayonda faol ishtirok etishini ta’minlashga qaratilmoqda. Bu borada, Konstitutsiyamizning 117-moddasiga qo‘shimcha sifatida kiritilgan Markaziy saylov komissiyasiga konstitutsiyaviy organ maqomini berishga oid yangi qoidalar, 2014-yil 4-sentabrda O‘zbekiston Respublikasining «Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida»gi qonuniga, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga, Budjet kodeksiga saylovlarga oid yangi normalarning kiritilganligini ham alohida qayd etish o‘rinli.

dem_19_11_2016_01

Mazkur bosqichdagi so‘nggi yangiliklar sifatida 2015-yil 29-dekabrda kuchga kirgan qonunga muvofiq, «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi Qonunga muhim o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga asosan qonunga boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlardan kuzatuvchilarga mandatlar berish tartibiga oid, «qamoqda saqlash joylarida» ovoz berishni tartibga soluvchi, saylovchilar ro‘yxatini tuzishga doir, «saylovoldi tashviqoti», uni amalga oshirish shakllari, usullari va turlarini hamda muddatlarini aniq belgilaydigan, muddatidan avval ovoz berish tartibini yanada soddalashtiradigan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlash maqsadida siyosiy partiyalar tomonidan yig‘iladigan imzo varaqalarining sonini qisqartirishga oid muhim yangi normalar kiritildi. Jumladan, Konstitutsiyamizga kiritilgan mazkur o‘zgartish va qo‘shimchalardan asosiy maqsad, hokimiyat va boshqaruv tizimini yanada demokratlashtirish, «Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyilining bosqichma-bosqich amalga oshirilishini ta’minlash, Oliy Majlis palatalarining davlat hokimiyati organlari tizimidagi rolini, ichki va tashqi siyosatning strategik vazifalarini amalga oshirishdagi huquq va vakolatlarini kengaytirish, Vazirlar Mahkamasi hamda ijro etuvchi organlar faoliyati ustidan qonun chiqaruvchi oliy organning, hokimiyat vakillik organlarining nazorat funksiyalarini kuchaytirish, shuningdek, hukumatning, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarini ro‘yobga chiqarish borasidagi mas’uliyatini oshirishdir.

Xususan, Konstitutsiyamizning 32-moddasiga kiritilgan o‘zgartirish davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatilishi, fuqarolarning, shuningdek, siyosiy partiyalarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarish borasidagi ishtirokini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday ishtirok etish o‘zini-o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish, shuningdek, davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish va takomillashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tartibi qonun bilan belgilanadi. Inson huquqlarining yangi konsepsiyasi konstitutsiyaviy qonunchiligimizda o‘z yuridik tasdig‘ini topgan bo‘lib, ular O‘zbekiston fuqarolarining konstitutsiyaviy huquqiy maqomi sifatida muayyan tamoyillarga tayanadi.

Konstitutsiyaning 20-moddasiga ko‘ra, fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart. Shuni alohida ta’kidlash joizki, Konstitutsiyaning 13-moddasida ko‘rsatib o‘tilganday «O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy konsepsiyalarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi». Konstitutsiyamizning 24-moddasida «Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir», deyilgan. Haqiqatdan ham, hayot insonga baxshida etilgan eng buyuk ne’matdir. Undan mahrum etish esa insonparvarlikka ziddir. Jinoiy jazoni liberallashtirish borasidagi muhim yutuqlarimizdan biri, mamlakatimizda 2008-yil 1-yanvardan jinoiy jazo sifatida o‘lim jazosi bekor qilindi. Uning o‘rniga umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Ma’lumki, Konstitutsiyaviy huquq maqomi tizimida so‘z va e’tiqod erkinligi muhim o‘rin tutadi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ommaviy axborot vositalarini liberallashtirishga, fuqarolarning so‘z erkinligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi, lekin har qanday demokratik jamiyatda demokratiyaning bu shartlari amaldagi qonunlarga asosan, o‘z chegara me’yor va mezonlariga egadir.

Asosiy Qonunimizda bilim olish, fan-texnika taraqqiyoti masalalariga alohida e’tibor berilib: «Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir», deyiladi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, Bosh Qomusimizning muqaddimasidan oxirgi moddasigacha mustaqillik, demokratiya, inson huquqlari va Vatan ravnaqi g‘oyalari mustahkam o‘rin olgan. Xulosa qilib aytganda, Bosh qomusimiz mustaqil davlatimizning buyuk kelajak sari intilishining huquqiy poydevori va inson huquqlarini himoya qilishning mustahkam poydevoridir.

Mualif: Gulshana Xudoyarova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq