Axborot-kutubxona muassasalarida shtrix-kod texnologiyalaridan foydalanish
19.11.2016
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

axb_19_11_2016

Bugungi kunda Respublikamizning ta’lim muassasalari qoshidagi axborot-resurs markaz(ARM)lari va bir qator axborot-kutubxona muassasalarida avtomatlashtirilgan axborot kutubxona tizimlari (AAKT) joriy qilinmoqda. Hozircha asosan elektron katalog ma’lumotlar bazasini shakllantirish, axborot kutubxona fondini elektron shaklga o‘tkazish ishlariga katta e’tibor berilmoqda. AAKT Respublikamiz kutubxonalarida o‘tgan asr 90-yillarining oxirida Rossiyada ishlab chiqilgan IRBIS tizimini joriy qilish bilan boshlangan bo‘lsada, kutubxonalar asosan elektron kataloglashtirish bilan shug‘ullandilar.

2012-yildan boshlab O‘zbekiston ta’lim muassasalari va boshqa bir qator yirik kutubxonalarda Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ishlab chiqilgan «ARMAT-U» dasturi joriy qilina boshlandi, ammo hozirgi kungacha AAKT ning barcha funksiyalaridan: kitoblarni berish va qaytarib olish, inventarizatsiya o‘tkazish va boshqalardan foydalanilgan emas. Elektron katalog ma’lumotlar bazasi to‘liq shakllantirilmaguncha AAKTning barcha funksiyala­ridan to‘liq foydalanish mumkin emas. Hozirgi paytda Respublikamizning ko‘plab axborot-kutubxona muassasalari o‘zlarining axborot-kutubxona fondlarining elektron kataloglarini to‘liq shakl­lantirib bo‘lganlar. Endi ular kitoblarni avtomatlashtirilgan holda berish va qaytarib olish funksiyalarini avtomatlashtirish imkoniya­tiga ega bo‘ldilar.

Kitoblarni berish va qaytarib olish jarayonlarini avtomatlashtirish uchun, axborot-kutubxona fondi to‘g‘risidagi barcha bibliografik ma’lumotlar AAKT elektron katalogi ma’lumotlar bazasiga kiritilishi kerak. Fonddagi har bir kitob maxsus tayyorlangan shtrix kodlar bilan markirovkalanishi kerak. Ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan holda yig‘ishning (avtomatik identifikatsiya) eng keng tarqalgan texnologiyalaridan biri — bu shtrix kodlashtirishdir. Shtrix kod texnologiyalarida asosan quyidagi bosqichlarni ajratib ko‘rsatish mumkin:

  1. Maxsus dasturiy ta’minot asosida shtrix kodlarni yaratish.
  2. Hujjatlarni (kitoblarni va foydalanuvchining ID kartalarini) shtrix kodlar yordamida markirovkalash (ko‘plab kitoblar bosmaxonadan shtrix kodlar bilan markirovkalangan holda nashrdan chiqmoqda).
  3. Shtrix kodlarni o‘qish (shtrix kodlar orqali berilgan ma’lu­motlarni olish).

axb_19_11_2016_01

1-rasm. Elektromexanik kiyimlar to’plami

Dastlab, «BarCodeStudio» dasturi asosida fonddagi kitoblar uchun shtrix kodlar tayyorlanadi. Har bir kitobga uni maxsus skaner bilan identifikatsiya qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan shtrix kodlar yopishtiriladi. 1-rasmda shtrix kodlarni shakllantiruvchi dastur­ning bosh sahifasi keltirilgan. Bu yerda individul ravishda shtrix kodlarni hosil qilish mumkin. Ushbu sahifadan odatda, kitobxonlarni ID kartalarini hosil qilishda foydalaniladi. Ushbu sahifada yaratilayotgan shtrix kodlarning umumiy bezagi va o‘lchamlari ham ko‘rsatilishi lozim.

axb_19_11_2016_02

2-rasm. Ketma-ketlik qonuniyatiga ega bo‘lgan ma’lumotlarni shtrix kodga o’tkazish bandi

Agarda shtirx kodga o‘tkazilayotgan ma’lumotlarda ketma-ketlik qonuniyati kuzatilsa, «Список данных» (2-rasm) bandiga o‘tib ushbu ketma-ketlik shartlarini ko‘rsatgan holda shtrix kodlarni shakllantirish mumkin bo‘ladi. «Список данных» bandidan odatda, kitoblarning shtrix kodlarini hosil qilishda foydalaniladi. Ushbu oynaga ko‘chib, o‘tgan ma’lumotlar chop qilish oynasida chiqadi (4-rasm). Hosil qilingan shtrix kodlarni, bosmadan chiqarib, ularni kitob berish va qaytarib olish jarayonlariga tatbiq qilish mumkin bo‘ladi. Agarda shrix kod resursning inventar raqami bilan mos holda yaratilsa, bazadan kerakli resursning qidiruv jarayoni yengillashadi. Hamda shrix kodlar yordamida kitobxonlarning ID kartalarini hosil qilish mumkin. ARMAT-U dasturining elektron katalogi ma’lumotlar bazasidagi har bir bibliografik yozuvga shtrix kodlarni bog‘lash jarayonini ko‘rib chiqaylik. AAKTning elektron katalogi ishga tushiriladi va tegishli shtrix kod bilan markirovka qilinayotgan kitobning bibliografik yozuvi topiladi va interfeysdagi «nusxa qo‘shish» tugmasi chertiladi (5-rasm). Natijada yangi nusxa qo‘shish imkoniyatini beruvchi oyna ochiladi (6-rasm). 6-rasmda ko‘rsatilgan tugma bosilgan, kitob nushasiga tegishli ma’lumotlarni kiritish oynasi ochiladi (7-rasm). Odatda, bu yerga kiritilayotgan ma’lumot (inventar raqam) shtrix kodga aylantiriladi.

axb_19_11_2016_03

3-rasm. Ketma-ketlik shartini berish oynasi

axb_19_11_2016_04

4-rasm. Hosil qilingan shtrix kodlarni A4 formatidagi sahifada joylanishi va chop qilish sahifasi

axb_19_11_2016_05

5-rasm. ARMAT-U tizimining elektron katalogi.

axb_19_11_2016_06

6-rasm. Nusxa to‘g‘risida ma’lumot qo’shish.

axb_19_11_2016_07

7-rasm. Kitob shtrix raqami va inventar raqamini kiritish oynasi

axb_19_11_2016_08

8-rasm. Inventar raqam va shtrix raqam kiritik natijalarini ko’rsatuvchi oyna

Kitobxonlarga kitob berish va qaytarib olish jarayoniga shtrix-kod texnologiyasini qo‘llash quyidagicha amalga oshiriladi. Kitob­xonga berilgan bilet raqamini yuqorida ko‘rsatilgan ketma-ketlik asosida shtrix kodga aylantirib, kitobxon ID kartasini hosil qilish mumkin. Shtrix-kod texnologiyasini kitob berish va qaytarib olish jarayonida buyurtmasiz adabiyot berish modulidan foydalaniladi (9-10 rasm). Buning uchun kitob berish va qaytarib olish ishlari bilan shug‘ullanadigan xodimning avtomatlashtirilgan ish joyiga kirish lozim (odatiy holda login-bibl; parol-11). Buyurtmasiz ada­biyot berish moduli tanlanganda, kitobxonni qidirish oynasi ochiladi. U yerga shtrix-kod skanerni o‘rnatib, ID kartadagi maxsus kod ko‘rsatilsa, kitobxon to‘g‘risida ma’lumot ochiladi (9-rasm). «Kitobxon to‘g‘risida ma’lumot» ochilgan oynaning o‘ng tomon tepa burchagidagi shtrix raqam maydoniga kitobdagi maxsus markirovakani skanner yordamida kiritilgandan so‘ng, berilayotgan kitob haqida ma’lumot ochiladi (10-rasm). «Bajarish» tugmasi bosilgandan so‘ng, kitob kitobxonga muvaffaqiyatli berilganligi haqida axborot chiqadi (11-rasm). Kitobxonlardan kitoblarni qaytarib olish uchun, kutubxonachining AIJdan adabiyotlarni qaytarish tugmasi bosiladi, ochilgan oynada kitobxon bilet raqami kiritiladi va kutubxonaga qaytarilishi kerak bo‘lgan adabiyotlarga belgi qo‘yib, «tanlanganlarni qaytarish» tugmasi bosiladi (12-rasm).

axb_19_11_2016_09

9-rasm. Kitob berish va qaytarib olish bilan shug’ullanuvchi xodimning avtomatlashtirilgan ish o’rnida kitob berish modulining interfeysi

axb_19_11_2016_10

10-rasm. Kitob berish va qaytarib olish bilan shug‘ullanuvchi xodimning avtomatlashtirilgan ish o’rnida kitob berish modulining interfeysi

axb_19_11_2016_11

11-rasm. Kitob kitobxonga muvaffaqiyatli berilganligi haqida axborot

axb_19_11_2016_12

12-rasm. Kutubxonadan olingan kitoblarni qaytarish jarayoni

Shu tariqa, axborot-kutubxona muassasalarida shtrix-kod texnologiyalaridan muvaffaqiyatli foydalanish mumkin.

Mualif: Ulug‘bek Karimov, t.f.n., TATU dotsenti
O‘ktam Karimov, TATU, kafedrasi assisenti, magistr

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq