To‘g‘ridan-to‘g‘ri AKT vazirligiga murojaat qiling
17.11.2016
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar.
Muallif: .

Yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlari bilan yaqindan ishlash Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelgan hamda bu yo‘nalishdagi ishlar yanada takomillashmoqda. Shu sababli, vazirlik aloqa-axborotlashtirish sohasi foydalanuvchilarini shikoyat, taklif yoki ariza yuzasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zlariga qulay usullardan biri orqali vazirlikka murojaat qilishga chaqiradi.

Shu o‘rinda, vazirlikda aholi murojaatlari bilan ishlashga oid statistika haqida qisqacha to‘xtalsak. 2016 yilning 9 oylik yakunlariga ko‘ra, vazirlikka 566 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, bu 2015 yilning shu davrigacha kelib tushgan murojaatlar (656 ta) sonidan 14 foizga kam. Jumladan, bulardan 216 tasi shikoyat, 292 tasi ariza hamda 25 tasi taklif mazmunidagi murojaatlar bo‘lgan. Murojaatlar tegishli ravishda o‘rganib chiqilib, to‘la-to‘kis munosabat bildirilgan hamda zarur choralar ko‘rilgan.

Maxsus jadval asosida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbariyatining fuqarolarni doimiy qabul qilish, shuningdek murojaatlarni telefon orqali og‘zaki qabul qilish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Shu bilan birga, vazirlik Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham aholining elektron murojaatlarini qabul qilmoqda. Elektron murojaatlar statistikasiga oid ma’lumotlar bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin. Fuqaroga Yagona portal orqali yuborgan murojaatiga vazirlik tomonidan bildirilgan munosabatni qoniqqan yoki qoniqmaganligiga ko‘ra 5 balli shkalada bevosita baholash imkoniyati yaratilgan.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda uning tizimidagi muassasa-tashkilotlarga yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlarga tezkorlik bilan munosabat bildirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari foydalanuvchilari hamda tadbirkorlik subyektlari bilan yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf qilish choralarini ko‘rish maqsadida, vazirlik markaziy apparatida murojaatlar bilan ishlashga mo‘ljallangan maxsus bo‘lim tashkil etildi.

Shuningdek, Internet tarmog‘ining murojaat.mitc.uz manzilida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining virtual qabulxonasi ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Fuqarolar 0 800 200-41-07 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish orqali ham mazkur virtual qabulxonaga murojaat qilishlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi orqali vazirlikka kelib tushayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bilan ishlash xususida ham alohida to‘xtalish lozim. Virtual qabulxona faoliyatini boshlagandan buyon axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasiga daxldor bo‘lgan 1200 ta murojaat kelib tushgan. Ushbu murojaatlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, ularning aksariyati vazirlik darajasida, ya’ni bevosita vazirlikka murojaat qilib hal qilinishi mumkin edi.

Aynan shu maqsadda, aloqa va axborotlashtirish sohasi foydalanuvchilarini o‘zlari bilan yuzaga kelayotgan muammo va muayyan masala yuzasidan onlayn yoki o‘zlariga qulay bo‘lgan usulda to‘g‘ridan-to‘g‘ri vazirlikka murojaat qilishga chaqiramiz. Barcha murojaatlar qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilib, muammo va masalalar hal qilinadi, talab va takliflar inboatga olinadi. Sizning murojaatlaringizni kutib qolamiz!

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq