«Yangi Internet Tashabbusi» 2-bosqichga o‘tdi
10.11.2016
Rukn: Internet.
Muallif: .

yan_10_11_2016_7

Joriy haftada Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, AKTni rivojlantirish jamg‘armasi ko‘magida, UZINFOCOM Markazi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan «Yangi Internet Tashabbusi 2016» — dolzarb loyihalar tanlovining saralash bosqichi yakuniga yetdi.

Tanlovning ilk bosqichida unda ishtirok etish uchun 200 dan ziyod loyihalar taqdim qilingan. Ular orasidan 72 tasi tanlab olinib, hakamlar hay’ati e’tiboriga havola qilindi. Ijodiy ishlar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi vakillari, UZINFOCOM hamda boshqa tashkilotlar ekspertlari, bloger hamda jurnalistlardan iborat hakamlar jamoasi tomonidan maxsus ishlab chiqilgan tizimda baholab borildi.

15 noyabrdan yil oxiriga qadar davom etadigan tanlovning navbatdagi bosqichida ayni paytda saralab olingan loyihalarni amalga tatbiq etish uchun dasturchi hamda IT-ishlab chiqaruvchilar tanlanadi.

Tanlovning asosiy maqsadi – Internet tormog‘ining milliy segmentini rivojlantirish, foydali va yangi internet-manbaalar miqdorini oshirish, yangi internet-manbaalar yaratish borasida barcha qiziqqan shaxslar va iqtidorli yoshlarga sifatli manbaalarni ishlab chiqarishda kerakli sharoitlarni yaratish imkoniyatlarni taqdim etishdan iborat.

Mazkur Tanlovda O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi, ariza berish paytida to‘liq 18 yoshga to‘lgan barcha jismoniy shaxslar, hamda ishchi guruhlar va yuridik shaxslar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov bosqichlari:

1-bosqich: Dolzarb Loyihalarni saralash – 2016 yil 15 avgustdan – 2016 yil 15 noyabrgacha;

2- bosqich: Loyiha ishlab chiqaruvchilarni tanlab olish – 2016 yil 15 noyabrdan – 2016 yil 30 dekabrgacha;

3-bosqich: Internet resursni ishlab chiqish — 2016 yil 15 dekabrdan – 2017 yil 15 dekabrgacha;

4-bosqich: G‘oliblar tomonidan loyihalarni informatsion va texnik qo‘llab-quvvatlashi – 2017 yil 1 apreldan – 2018 yil 30 aprelgacha.
Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq