«Huawei» O‘zbekistonda “bulutli” texnologiyalarning yuqori trendini namoyish qilmoqda
10.11.2016
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

huawei_10_11_2016

2016 yil 10 noyabrda “Huawei Tech Investment Tashkent MCHJ CHK” kompaniyasi “O‘zbekistonda bulutli texnologiyalar sammiti-2016” xalqaro anjumanini o‘tkazadi. Bu tadbir mazkur sohaning eng yaxshi mutaxassislarini, tahlilchilarni hamda potensial foydalanuvchilarni AKT tarmog‘idagi eng ommabop tendensiyalarga — Bulutli texnologiyalarni o‘zgartirishga oid tajriba, ma’lumot va fikrlar almashish uchun birlashtiruvchi asosiy voqeadir.

Sammitta O‘zbekistonda innovatsiyalar joriy qilishga, samaradorligi va mahsuldorligini oshirishga bulutli texnologiyalar qay tarzda xizmat qilishi mumkinligi haqida so‘z boradi.

huawei_10_11_2016_1

Bulutli texnologiyalar, shu jumladan telekom, xususiy va jamoat bulutli texnologiyalariga ham revolyutsion texnologiyalar sifatida qaraladi. Ular telekommunikatsiyalarning an’anaviy biznes-shakliga, internet va sanoat bozorlarining katta qismiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

huawei_10_11_2016_2

Bulutli infratuzilma doirasida amallarning abstraksiyasi va agregatsiyasi, ma’lumotlar va tarmoq resurslarini saqlash yordamida endi ulkan texnologik kuchdan  istalgan joyda, istalgan vaqtda kam harajatlar va uzoq kutishlarsiz foydalanish mumkin bo‘ladi. Bu esa bulutli xizmatlarni avvalgilarga nisbatan yanada moslanuvchan va ochiqroq qiladi. Masalan, o‘ta murakkab tarmoq funksionalligini yaratish va amalga oshirish yillab vaqt oladi.

Endi bulutli texnoliyalar rivoji tezlashganidan keyin hammasini atigi bir necha daqiqada, kerakli tugmachalarni bosish orqali bajarish mumkin.

Yana bir misol, yurtimizdagi kichik kompaniyalar o‘z dasturiy ta’minotini bulutli amallar makoniga joylashtirib, o‘z xizmatlaridan O‘zbekistonlik va butun dunyodagi iste’molchilar foydalanishi uchun imkoniyat yaratishi ham mumkin.

huawei_10_11_2016_3

“Ochik va moslanuvchan bulutli texnologiyalar asosida Huawei tarmoqlardagi hamkorlar bilan ochik bulutli texnologiyalar ekotizimini tashkil etish imkoniyatini muhokama qilishga tayyor. Uning yordamida yirik telekommunikatsiya kompaniyalari, mahalliy dasturiy ta’minot yaratuvchilar va milliy kontent-provayderlari (OAV, OTT kompaniyalar) aholiga yanada lokal va o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlik qilishi va  AKT sanoatini yanada rivojlantirish maqsadida birgalikda ishlashi mumkin bo‘ladi”, — deb tadbirga izoh berdi Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi bosh direktori janob Van Pen.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq