UMS 4G LTE Interneti qo‘llanilish sohalarini kengaytirmoqda
08.11.2016
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

ums_8_11_2016

UMS (Universal Mobile Systems) mobil operatori va Uzreport TV telekanali O‘zbekistonda ilk bor 4G LTE Internetini qo‘llagan xolda jonli teletranslyatsiyani o‘tkazdi.

Jonli teletranslyatsiya Toshkent shahrida 3-4 noyabr kunlari o‘tkazilgan “Media, reklama va zamonaviy texnologiyalar” xalqaro forumi ish doirasida bo‘lib o‘tdi. Forumdan joy olgan ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma haqidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri reportajni minglab teletomoshabinlar ko‘rishga muvaffaq bo‘lishdi. E’tiborlisi shundaki, O‘zbekistonda ilk bor televideniyeda video ketma-ketlikni uzatish uchun an’anaviy sputnik aloqasi vositalari emas, mobil Internet kanallaridan foydalanildi.

ums_8_11_2016_1

Bundan tashqari, ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmada UMS yangi mobil mahsulot va xizmatlarini taqdim etdi. Tadbir ishtirokchilari va mehmonlari kompaniya stendi oldida aloqa, mobil Internet va biznes-xizmatlar haqida ma’lumotlar olishdi hamda zamonaviy mobil gajetlar bilan tanishib chiqishdi.

UMS kompaniyasi forum o‘tkazilgan hududni bir vaqtning o‘zida 300ta odam ishlatishi mumkin bo‘lgan Wi-Fi tarmog‘i bilan qamrab olishda ishtirok etdi. Bunda ma’lumotlarni qabul qilib olish o‘rtacha tezligi 40 Mbit/soniyasini tashkil qildi.

— UMS kompaniyasi tadbirning telekommunikatsion hamkori sifatida O‘zbekiston mediasanoati rivojlanishining yangi davriga qadam qo‘yilishida ishtirok etdi. Forum ishtirokchilariga zamonaviy mobil aloqa va televideniye simbiozi muvaffaqiyatli namoyish etildi. UMSning 4G LTE Interneti yangi sohalarda qo‘llanila boshlagani hamda jamiyat uchun odatiy telekommunikatsion imkoniyatlar kengayyotganidan judayam mamnunmiz. To‘rtinchi avlod tarmog‘i ko‘llanilish soha va darajasini yana kengaytirish ustida ishni davom ettiramiz, — deya, ta’kidladi “UMS” MChJ tijorat direktori Sayyodjon Matkarimov.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq