Umumta’lim maktab o‘quvchilariga mo‘ljallangan «English» dasturini yaratildi
06.11.2016
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Dasturiy mahsulot muallifi Sabirova Gulnoza Sadikovna «English» dasturini yaratdi. Mazkur dastur umumta’lim maktab o‘quvchilariga mo‘ljallangan bo‘lib, u quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topgan: Personal Pronouns, Pos-sessive pronouns Form 1, Possessive pronouns Form 2, Possessive pronouns Form 3, Possessive pronouns Form 5, Indefinite pronouns, Relative pronouns, Object pronouns.

Ushbu dastur ingliz tili olmoshlarini o‘rgatuvchi dastur bo‘lib, bu dastur yordamida o‘quvchilar o‘zlarining o‘qish, yozish, tinglab-tushunish ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Bu multimedia dasturi so‘zlarni kiritish, rasmlarni tanlash, harflar va predmetlarni joylarini o‘zgartirish, gaplar ketma-ketligini tartibga solish, javoblarni tekshirish va to‘g‘ri javoblar bilan tanishib chiqish imkoniyatini beradi. Shu bilan birga multimedia dasturida havolasi ko‘rsatilgan video lavhalarni ko‘rish imkoniyati bor.

Muallifga ushbu dastur uchun № DGU 03911 raqamli guvohnoma berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq