Turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazishga ruxsatnoma
04.11.2016
Rukn: Internet.
Muallif: .

gov_4_11_2016

«Turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazishga ruxsatnoma» xizmati yangilangani haqida hushxabarni ma’lum qilamiz. Endilikda ushbu xizmat Toshkent shahri tuman hokimiyatlari tomonidan ham koʻrsatilmoqda.

Ariza koʻrib chiqilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 9 martdagi “Shaharsozlik faoliyati va qishloq xo‘jaligidan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berishning, bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni (fasadini ta’mirlashni) kelishishning, shuningdek ob’yektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruktsiya qilishga, turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga ruxsatnomalar berishning umumiy belgilangan tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 70-son qaroriga asosan quyidagi miqdorlarda yigʻim undiriladi: eng kam oylik ish haqining 10 foizi midorida — Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida; eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida — Toshkent shahrida; eng kam oylik ish haqining 30 foizi miqdorida — viloyat boʻysunishidagi tumanlar va shaharlar hududlarida.

Tuman hokimiyatlari 11 kundan ortiq boʻlmagan muddat ichida ruxsatnomani beradi yoki rad etadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq