Sun’iy suv ob’yektlarining suvidan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma olishga elektron ariza taqdim etish
03.11.2016
Rukn: Internet.
Muallif: .

Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Yagona portalda sun’iy suv ob’yektlarining suvidan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma olishga elektron ariza taqdim etish uchun yangi interaktiv xizmatini ishga tushirdi. Xizmatdan yuridik va jismoniy shaxslar foydalanishlari mumkin.

Ushbu xizmatdan foydalanish uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 14 iyundagi “Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 171-son qaroriga koʻra, arizaga hujjatlar ilova qilinishi lozim. Xizmat bepul koʻrsatiladi. Xizmatning natijasi boʻlib arizachiga ruxsatnoma olish mumkin boʻlgan kun va joyi toʻgʻrisida xabarnomani yuborish hisoblanadi.

Xizmatni koʻrsatish muddati 20 ish kunini tashkil etadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq