“INFOLIB – 2016” Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida «ZiyoNET axborot tarmog‘ining taqdimoti bo‘lib o‘tdi
01.11.2016
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

lib_1_11_2016

2016 yil 27 oktyabr kuni “INFOLIB – 2016” Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida «ZiyoNET axborot tarmog‘ining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda «ZiyoNET tarmog‘ida masofaviy ta’lim vositalari» mavzusida o‘qituvchilar, talabalar va o‘quvchilar uchun ta’limiy dasturlar taqdimoti o‘tkazildi.

lib_1_11_2016_1

“ZiyoNET” tarmog‘i bo‘lim boshlig‘i Tayloqov Ulug‘bek “ZiyoNet” axborot tarmog‘ining imkoniyatlari, tarmoq ichidagi raqobatbardosh resurslar, shuningdek fikr.uz blogi, uTube.uz ta’limiy videoportali, Tanlov.uz sayti, uMail.uz bepul elektoron pochta xizmati, e-Darslik umumta’lim darsligining — mobil versiyasi va boshqalar haqida gapirib o‘tdi.

lib_1_11_2016_2

Nosirov Fikr.uz blogi, uTube.uz ta’lim videoportali, Tanlov.uz sayti, uMail.uz bepul elektron pochta xizmati, e-Darslik umumta’lim darsliklarining mobil versiyasi haqida ko‘plab foydali ma’lumotlar berdi. Shuningdek,“ZiyoNET” tarmog‘idan foydalanish, ta’lim va boshqaruv jarayoniga AKTni joriy etish holati, “ZiyoNET” ta’lim portalini resurslar bilan boyitish hamda umumta’lim muassasalarida “ZiyoNET” tarmog‘idan foydalanish haqida gapirib o‘tdi.

lib_1_11_2016_3

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “ZiyoNET” bo‘limi mutaxassisi – Nosirov Xurshid ta’lim portali bo‘limlari haqida gapirib o‘tdi. “ZiyoNET” tarmog‘idan foydalanish, foydalanish jarayonida vujudga kelayotgan muammolarni muhokama qilish, kamchiliklar, infocom.uz, fikr.uz, tanlov.uz, uRadio.uz, meros.ziyonet.uz, my.gov.uz, index.uz, archive.uz kabi saytlar faoliyatini ta’kidlab o‘tdi.

Tadbir qatnashchilari axborot-ta’lim “ZiyoNET” tarmog‘ining taqdimotidan ko‘pgina qiziqarli ma’lumotlar oldilar, shuningdek ular ko‘rgazmali axborot berganliklari uchun minnatdorchiliklarini izhor qildilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq