Davlat o‘rmon fondi hududidagi o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish uchun ruxsatnoma olish (O‘rmon fondi yerlarida O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilmagan o‘simlik turlarini tabiiy muhitdan g‘amlash (to‘plash))
01.11.2016
Rukn: Internet.
Muallif: .

gov_1_11_2016

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasining “Shifobaxsh” ilmiy-ishlab chiqarish markazi «Davlat o‘rmon fondi hududidagi o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish uchun ruxsatnoma olish (O‘rmon fondi yerlarida O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilmagan o‘simlik turlarini tabiiy muhitdan g‘amlash (to‘plash))” yangi xizmati ishga tushdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-noyabrdagi “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida” № 290 qaroriga ko‘ra, o‘simlik dunyosi ob’ektlarini g‘amlashga (to‘plashga) ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqish va ruxsatnoma berish uchun yig’im undiriladi.

Ushbu xizmat yuridik va jismoniy shaxslarga 15 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda taqdim etiladi. Xizmatning natijasi boʻlib arizachiga ruxsat berish toʻgʻrisidagi xabarnomani yuborish hisoblanadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq