“Woy-wo” dasturiy majmuasi
31.10.2016
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Mas’ulyati cheklangan jamiyat shaklidagi «Yagona umumrespublika processing markazi» qo‘shma korxonasi xodimi «Woy-wo» dasturini yaratdi.
Ushbu dasturiy majmua Internet tarmog‘ida to‘lovlarni qabul qilish jarayonini avtomatlashtirish imkonini beradi. «Woy-wo» dasturida mobil telefonlar, mobil ilovalardan USSD so‘rovlarini amalga oshirish orqali yoki Internet yordamida veb-saytda tegishli operatsiyalarni bajarish yo‘li bilan tovarlar, xizmatlar va ishlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish mumkin. Dasturiy majmua yadro, veb interfeys, mobil ilova va USSD (GSM tarmog‘idagi servis) qismlardan iborat.
Muallif — Eraliyev Javlon Rustambekovichga ushbu dastur uchun № DGU 03925 raqamli guvohnoma berildi.
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Facebookda bo`lishmoq
Twitterga qo`shmoq
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq