Yaponiyada yuzga yopishtirish mumkin bo‘lgan individual pardoz plyonkasi bosib chiqariladigan tizim yaratildi
27.10.2016
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Panasonic kompaniyasi oldindan yuz terisi xususiyatlarini e’tiborga olib, maxsus plyonkalarda bosib chiqariladigan pardoz tizimini taqdim etdi. Interaktiv ko‘zguga kiritlgan kamera asosiy boshlang‘ich andoza bo‘lib xizmat qiladi.
Printerda chop etiladigan suratni tizim yuz terisidagi kamchilikni yashirish uchun juda aniqlikda shakllantiradi. Bu jarayon taxminan bir yarim daqiqada amalga oshadi.
O‘ta yupqa plyonka namlangan teriga pardos siatida yopishtiriladi. Mazkur plyonka qalinligi — bir necha yuz nanometrdan iborat. Plyonka materiali g‘oyatda moslashuvchanligi, elastikligi va shaffofligi sababli juda qulay. U hattoki, odam terlaganida ham ko‘chib ketmaydi. Bundan tashqari, uni oddiy suvda yuvib tashlash mumkin.
Manba: http://techon.nikkeibp.co.jp