Yaponiya 2020-yilda jahon robotlar Sammitini o‘tkazadi
27.10.2016
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Dastlabki odamsimon robotlar olimpiadasi Yaponiyada 2020-yilda Tokio yozgi Olimpiyada o‘yinlari blan bir vaqtda o‘tkaziladi. Olimpiyadada Butun dunyodan kelgan eng kuchli sportchilar medallar uchun bellashguniga qadar, robotlashgan qurilmalar ham «World Robot Summit» tadbirining qattiq raqobat tortishuvida ishtirok etadi, — xabar beradi Robotics.ua.
Aqlli mashinalar ishga jalb etiladi
Yaponiya savdo vazirligi mashinalar, odamsimon va sanoat robotlari ishtirokida oddy tanlov va ko‘rgazmalardan farq qiladigan tadbir o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Tadbirning o‘tkazilish joyi va vaqti aniqlashtirilmagan. Vazirlik hozirgi vaqtda butun Yaponiya bo‘ylab barcha shaharlardan taklif-arizalarini qabul qilmoqda. Mamlakat o‘z robot texnikasi sohasidagi taraqqiyoti bilan nom qozongan. Masalan, yaqinda mashina odamga hamkor sifatida qanday ishlay olishini sinab ko‘rish loyihasi doirasida yapon astronavti K. Vakataga hamkor sifatida koinotga robot uchirildi. Shuningdek, Yaponiyada aholining keksayib borayotganligi muammosini hal qilishda yetishmaydigan ish kuchini yaratish uchun ish o‘rinlarini to‘ldirish maqsadida ishlab chqarish, qishloq xo‘jaligida yordamchi sifatida ham robotlardan foydalaniladi. Hukumat Butun dunyodan 2020 Sammitga taqdim etiladigan yuqori texnologik robotlarni ishga jalb etilishiga ishonch bildirmoqda.