Xiaomi Mi Alarm Clock — stol uyg‘otkich soati va portativ akustik tizimi bir qurilmada
27.10.2016
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

mi_27_10_2016

Xiaomi kompaniyasi o‘z mahsulotlari qatorini Mi Alarm Clock stol uyg‘otkich soati(budilnigi) bilan to‘ldirdi. Qurilma aslida, «ikkitasi bittada» toifasidagi mahsulotlar vakili bo‘lib hisoblanadi, gap faqatgina transformatsiya haqida emas, balki Xiaomi qurilmasi uyg‘otkich soati o‘z funksiyasidan tashqari portativ akustik tizim vazifasini ham bajarishidadir.

mi_27_10_2016_1

Uyg‘otkich soatini sozlash smartfon uchun firma ilovasi tomonidan amalga oshiriladi. Xiaomi qurilmasi shunday ishlangan­ki, erta tongda to‘satdan yoqimsiz tovushda jaranglab, foydalanuvchining g‘ashiga tegmaydi, kayfiyatga ta’sir etmaydi. Buning o‘rniga ohang jarangi tovushining balandligi asta-sekin ko‘tarilib boradi. Bundan tashqari, Mi Alarm Clock konstruksiyasi, hattoki, eng yuqori tovush taralganida ham korpusidan quloqqa yoqimsiz turli vibratsiyalarga ega bo‘lmaydi.

mi_27_10_2016_2

Portativ AS qurilmasi sifatida qandaydir alohida yangi qurilma taqdim etilmagan. Smartfonda Bluetooth vositasida uyg‘otkich soatga muvofiq aynan shu interfeysda musiqa yangraydi.

Akkumulyatorining sig‘imi 2600 mAch bo‘lib, qurilmani uyg‘otkich soati rejimida taxminan 15 kecha-kunduz ishlashga yoki musiqa tinglashda 8–10 soat mobaynida quvvat bilan ta’minlaydi. Dinamikasining quvvati 5 Vt. Yangilik o‘lchami 107 x 57 mm.

Manba: www.mi.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq