Tile Mate qurilmasi Bluetooth interfeysi va mobil ilovasidan foydalanib, narsalarni kuzatish imkonini beradi
27.10.2016
Rukn: Texnologiya.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Tile kompaniyasi Bluetooth interfeysi va mobil ilovasidan foydalanib, narsalarni kuzatish imkonini beradigan brelokning yangi variantini taqdim etdi. Yangilikning nomi Tile Mate. U dastlabki Tile Original modelidan 25 foiz kichik.
Avvalgi Tile Slim modelidan farqli ravishda, Tile Mate qurilmasini hamyonga joylashtirish uchun qalinligi optimallashtirilgan, korpusidagi teshikchasiga mahkamlash moslamasi kiritilgan. Boshqacha aytganda, brelok osib qo‘yish mumkin bo‘lgan barcha kalitlarga, sumkacha, kamera, o‘yinchoqlar va boshqa predmetlarga mos keladi. Aytgandek, Tile Mate va Tile Slim qurilmalari bir donadan emas, balki komplekti bilan ham taqdim etiladi.
Tile Mate brelogining kattaligi 34 x 34 x 4,65 mm. bo‘lib, og‘irligi 6,1 g.ni tashkil etadi. U chang tushishi, suv sachrashidan himoyalangan, masalan, yomg‘irdan so‘ng ham ishga yaroqliligi saqlanib qoladi. Tile Mate va smartfon yordamida nafaqat mahkamlangan predmetlarni, balki aksincha smartfon qayerdaligini ham kuzatadi. Buning uchun undagi maxsus belgisini ikki marta bosib qo‘yish yetarli bo‘ladi.
Manba: www.thetileapp.com