Software.uz dasturchilar va dasturiy mahsulotlar milliy katalogi
27.10.2016
Rukn: Internet.
Muallif: .

soft_27_10_2016

Dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilarni yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2013-yil 20-sentabrdagi «Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini rag‘­batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2042-son Qarori qabul qilingan.

Ushbu qarorga asosan das­turiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy reyestri software.uz internet-portalida joylashtirilgan dasturiy mahsu­lotlar va ishlab chiquvchilarning milliy katalogi negizida yaratilgan. Milliy reyestr elektron shaklda onlayn rejimida yuritiladi, o‘z dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqish, tatbiq etish va sotishdan olingan daromadlari ular sotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) umumiy hajmining kamida 50 foizini tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan ariza asosida Milliy reyestrga ixtiyoriy va bepul ro‘yxatga olinadi.

soft_27_10_2016_1

Milliy reyestrga kiritilgan dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiquvchilar 2017-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda:

  • barcha turdagi soliqlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l fondiga, budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lashdan;
  • O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha o‘z ehtiyojlari uchun olib kelinadigan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologiya hujjatlari, dasturiy ta’minot vositalariga boj to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod qilinadi. Milliy reyestrga kiritilgan yuridik shaxslar — dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiquvchilar uchun ushbu qarorda nazarda tutilgan soliq imtiyozlarining amal qilish muddati, agar ular­ning o‘zlari ishlab chiqargan dasturiy ta’minot vositalarini eks­port qilish hajmi ular sotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) umumiy hajmining kamida 50 foizini tashkil etgan taqdirda, 2 yilga uzaytiriladi.

Hozirgi kunga qadar dasturchilar va dasturiy mahsulotlar milliy katalogida 1 728dan ziyod dasturiy mahsulotlar va 220dan ortiq dasturiy ta’minot ishlab chiquvchi kompaniyalar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, shulardan 112ta korxona o‘z arizasi asosida Milliy reyestrda ro‘yxatdan o‘tgan. Misol uchun: 2016-yil I yarim yillik natijalariga ko‘ra, 77ta korxona ularga berilgan imtiyoz asosida 2,1 mlrd. so‘m mablag‘ tejalgan, xuddi shu ko‘rsatgich 2015-yil I yarim yillik natijalarga ko‘ra, 60ta korxona ularga berilgan imtiyoz asosida 1,145 mlrd. so‘m mablag‘ tejalgan. Software.uz portalida ro‘yxatdan o‘tgan tashkilotlar uchun ochiq dasturiy ta’minot vositalarini joylashtirish va yuklab olish moduli joriy etildi. Dastur talqinlarini nazorat qilish uchun ochiq kodli tizim (Software git based on Gitlab Community Edition) asosida texnologik maydon va veb-servis ishga tushirilgan. Ushbu tizimdan git.software.uz manzili orqali foydalanish mumkin.

Bundan tashqari, sentabr oyida, dasturiy ta’minot ishlab chiqa­ruvchi korxonalarni Milliy reyestrga kiritish, arizalarni qa­bul qilish imkoniyatini yanada kengaytirish maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali arizalarni onlayn qabul qilish tizimi ishga tushirildi (https://my.gov.uz/uz/service/495). Yaqin orada, dasturchilar uchun qulayliklar yaratish maqsadida Software.uz Portalining yangi talqini ishga tushirildi. Bu o‘z navbatida, milliy dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilar uchun qulay imkoniyat yara­tish maqsadida amalga oshirilgan ishlardan biri hisoblanadi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq