O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimi uchun elektron resurslar
27.10.2016
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Barno Karimova.

orta_27_10_2016

Bugungi kunda ta’im jarayonini yanada qiziqarlilashtirish va o‘quv materiallarni taqdim etish shaklini tubdan o‘zgartirishda ta’lim muassasalari elektron kutubxonalar muhim ahamiyatga molik. Elektron kutubxonalar – axborot obyektlarining tashkillashtirilgan katta kolleksiyalari hisoblanadi.

Elektron kutubxonalarni yaratish uchun sifatli dasturiy ta’minot bu sohada mutaxassis bo‘lmaganlarga ham yangi axborotni o‘z ichiga olgan kollek­siyalarni o‘ylab chiqish, to‘plash, to‘g‘ri tu­zish va tarqatishga imkon beradi. Bu juda muhim bo‘lib hisoblanadi, chunki bunday kolleksiyalarni yaratish, o‘qitish jarayonini va o‘quv materiallari bilan boyitish omilidir. Internetning yoki Butun jahon to‘ri (World Wide Web)ning paydo bo‘lishi hammamiz va har birimiz uchun axborotning cheksiz hajmiga kirishni ta’minlab, jamiyatning axborotga bo‘lgan munosabatini o‘zgartiradi. Albatta, Internetni umumiy ma’rifat uchun ishonchli manba deb atash qiyin, undagi ma’lumotlardan o‘ylamasdan foydalanish esa, hatto xavfli bo‘lib, bunday holat afsuzki, keng tarqalgandir. Shunga qaramasdan, butun jahon to‘ri yuqori sifat­li va oson erishiladigan axborot bilan haqi­qatda to‘lib-toshib yotibdi. Ko‘plab ta’lim muassasalari, xalqaro tashkilotlar, jamoat­chilik guruhlari, notijorat va xayriya jamiyatlari saytlarni yaratish bilan shug‘ullanadilar, ularda turli xil axborotlarni to‘playdilar va taqdim eta­dilar.

Odatda, ta’lim resursi sifatida qaralayot­gan Butun jahon to‘ri: mavzularning notekis va sifat bo‘yicha turlicha qamrovi, axborotning bir lahzaliligi va (ertaga bu axborot o‘sha joyning o‘zida bo‘ladimi-yo‘qmi) ol­dindan aytib bo‘lmasligi kabi qator jiddiy kamchiliklarga ega. Bundan tashqari, butun jahon to‘ridan foydalanishning o‘zida ma’­lum xavf-xatar bor (talabalar to‘g‘ri kelmaydigan axborotga kirsalar nima bo‘ladi?) Bundan tashqari, jamiyatning axborotga kirish huquqlari cheklangan bo‘lishi mumkin. Ma’lumki, ayrim mamlakatlarda, aholining ko‘pchiligi Internetga hatto uyidan kira olsa, boshqa mamlakatlar aholisining ozgina qis­migina bu axborot boyligi bilan tani­shishlari mumkin. Elektron kutubxonalar ishonchli manbalar va mos keladigan materiallarini taqdim eta turib, bunga o‘xshash muammolarni hal qiladilar. Ular o‘qituvchilarga talabalar uchun maxsus to‘plam yaratish, elekt­ron kutubxonalarga turli manbalardan olingan axborotlarni kiritish imkonini beradi. Elektron kutubxonalar axborot tarqatishning muqobil vositalaridan (masalan, CD-ROM/DVD da, rivojlanayotgan mamlakatlarda axborotlar bilan ishlashda tez-tez qo‘llanila­digan formatda) ham foydalanishga imkon beradi.

orta_27_10_2016_1

1-rasm. Axborot-resurs markazida elektron kutubxona tashkil qilinishining axborot modeli

Faraz qilaylik, o‘qituvchi o‘z faniga oid qiziqarli materialni Internetda ko‘rdi va ta­labalarga bu resurs bilan tanishish kerakli­gini aytdi. Topshiriqni olgan talabalar Internetga murojaat qiladi va o‘zini qiziqtirgan materialni ko‘chirib oladi. Internetdan ko‘­chirib olingan ham bir material uchun sarf-xarajatlarni e’tiborga olsak, o‘qituvchining topshirig‘ini bajarish uchun faqat bir guruhning o‘zi bir topshiriqni bajarish uchun talaygina mablag‘ sarflaydi. Bunday hisob-kitoblarni butun kollej bo‘yicha qiladigan bo‘lsak, Internetdan oddiy matnlar emas, balki Gb hajmli multimediali darsliklarni ko‘chirib olishni nazarda tutib, Internetdan foydalanish anchagina xarajat sarflashni talab etishini tushunamiz. Xarajatlarni kamaytirish uchun kollej axborot-resurs markazida elektron kutubxona tashkil qili­nishi va talabalarning undan foydalanishlari uchun imkoniyat yaratilishi muhim ahami­yatga molik bo‘ladi. Kollej ARMdagi elekt­ron kutubxonadan foydalanish axborot olishga sarflanadigan xarajatlarni keskin kamaytirsa, ayni paytda, ARM elektron kutubxonasi tarkibidagi axborotlar saralangan bo‘ladi. Shu tufayli ulardan yoshlar bemalol foydalanishlari mumkin. Demak, Internetda o‘qitilayotgan fanga dahldor yangi materialni ko‘rgan o‘qituvchi uni bir marta ko‘chi­rib olib, kollej ARM elektron kutubxonasiga joylashtirishi maqsadga muvofiq ekan.

2013-yildan boshlab, Respublikamizning barcha o‘rta maxsus ta’lim tizimiga qarashli ARMlarda avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimi tatbiq qilina boshlangan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivoj­lantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi tomonidan ajratilgan «O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining elektron kutubxonalar axborot tarmog‘i» nomli granti (2013–2014 yillar) kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar qoshidagi ARM tarkibida ARMAT dasturi asosida elektron katalog, yig‘ma elekt­ron katalog va elektron kutubxonalar yaratilishiga asos bo‘ldi. Dastlab, loyiha doirasida, ARM xodimlari maxsus dastur asosida o‘qitildi va ularning har biriga ARMAT dasturi tarqatildi. Hozirgi kunda 1400dan ortiq kasb-hunar kollejlari va akademik litsey­larning 800dan ortig‘ida dastur mavjud. ARM bir-biri bilan ma’lumotlarni almashtirish maqsadida ularning Korporativ elektron kutubxonasi tashkil qilingan va Internet tarmog‘ining http://armat.uz manziliga joylashtirilgan.

Shunday qilib, har bir o‘rta maxsus ta’lim muassasasi qoshidagi ARMda lokal tarmoqda ishlaydigan alohida avtomatlashtirilgan axborot kutubxona tizimi va ayni paytda, har bir kasb-hunar kollejlari ARM uchun Internetda korporativ elektron kutubxonasidan (ARMAT) foydalanish imkoniyati yaratilgan. O‘qituvchilar Korporativ tarmoq resurslaridan o‘zlariga kerak­lisini tanlab, kasb-hunar kollejlari ARM elektron kutubxonasiga ko‘chirib o‘tka­zishlari va bu resurslardan kollejdagi barcha talabalar foydalanishi mumkin. Xuddi shunday Internet tarmog‘idagi resurslar o‘qituvchilar tomonidan tanlanib, ARM elektron kutubxonasiga ko‘chirilib qo‘yilga­nidan so‘ng, ulardan talabalarning foydala­nishlariga ruxsat etilishi to‘g‘riroq bo‘ladi.

Shu tariqa, o‘rta maxsus ta’lim tizimi qoshidagi ARMlarda elektron kutubxonalar tashkil qilinishi, birinchidan, resurslardan foydalanish xarajatlarini kamaytirsa, ikkinchi tomondan, ARM elektron kutubxonasini saralangan elektron o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlaydi deb o‘ylayman. Natijada yoshlarimizni Internetdagi axborotlardan saralanganlari bilan ta’minlash orqali ularni milliy istiqlol g‘oyamizga yot g‘oyalar va axborot xurujlaridan asray olamiz.

Muallif: Barno Karimova, P. F. Borovskiy nomli Toshkent tibbiyot kolleji o‘qituvchisi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq