Kodisoft interaktiv stoli: kelajak restoraniga taklif
27.10.2016
Rukn: Qiziqarli fAKTlar.
Muallif: Aleksandr Suchkov, Marufa Azizova.

akt_27_10_2016

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga oid tarixiy voqealar va qiziqarli ma’lumotlarni hikoya qilishda davom etamiz. Navbatdagi sahifamiz Kodisoft interaktiv stoli haqida.

Bugungi kunda jahonda aqlli shaharlardagi ko‘chalarda elektromobillar harakatlanmoqda, mobil  telefonlari kompyuter o‘rnini egallamoqda, biroq bir narsa haligacha o‘zgarmay qolmoqda: yuz yillar ilgaridagi kabi restoranga tashrif buyurganlar ovqatni  menyudan tanlab, oshpaz uni tayyorlab, ofitsiant keltirib berguniga qadar kutadilar. Albatta, bugungi kunda foydalanuvchilar oldindan ilovani planshetda saqlab olib,  buyurtma berishlari, ofitsiantlar esa qulay tizimdan foydalanib, R-Keeper kabi buyurtmalarni bajarishlari mumkin. Biroq hozirgi kungacha mehmonlar uchun  shipga osilgan Wi-Fi router yagona texnologik yangilik bo‘lib hisoblanmoqda.

Restoranni qanday qilib, zamonaviy va texnologik, shu bilan birga, samaralilashtirish mumkin? Kodisoft kompaniyasi ishlab chiqaruvchilari mazkur murakkab savol javobini topdilar: ular interaktiv stol ixtiro qildilar. Shuningdek, tezda so‘zdan amalga o‘tdilar: ularning qurilmasi allaqachon Vladikavkaz, Abu-Dabi, Dubay va Limassoladagi mashhur restoranlarda foydalanilmoqda.

Intel iQ onlayn jurnali http://iq.intel.ru/interactive-table-kodisoft saytida bizni qanday kelajak restoranlari yangiliklari ku­tayotganligi haqida qiziqarli maqola chop etilgan.

Eng aqlli stol
Interaktiv stoli oddiy stoldan nimasi bilan farq qiladi? Eng avvalo, uning ustini tashkil etuvchi sensorli ekrani hamda cheklangan bosishlar sonini taniy olishi bilan — odatda, restoranga yolg‘iz kelmaydilar ikki nafar yoki jamoa bilan tashrif buyuradilar. Planshet va smartfonlarga solishtirsak, odatda, ularda bosish o‘ntagachani tashkil etadi. Kodisoft tomonidan unga maxsus texnologiya kiritilgan.

Interaktiv stolining korpusi chiroyli va shaffof jilvirlangan po‘latdan ishlangan: bajarilishi oq rangda bo‘lib, 50-duym ekranli kattakon iPadni eslatadi. Nozik matritsasini ustiga yuqoridan bokal, chashka va likoblar qattiq tushib ketishidan qalin oynasi himoya qiladi. Ekrani bosilishida hattoki, qo‘lga qo‘lqop kiyilgan bo‘lsada, juda tez va aniq ta’sirlanadi. Bundan tashqari, stol barmoq bilan bosili­shini kaft tegizish yoki ovqat solingan likopcha, qoshiq va boshqalarni «his etib», ajrata «biladi». Shu bilan bir vaqtda, unda banka kartasidan hisob-kitob qilish uchun terminal bilan jihozlangan, stol foydala­nuvchi yuzini ham taniy oladi.

akt_27_10_2016_1

Kiprdagi Oshi restoranidagi Kodisoft interaktiv stoli

Chiroyli va funksional
Shuningdek, Kodisoft restoranlarga stoldan tashqari, katta devor panellarini taqdim etmoqda. Muassasa egalari ularga stol ustidan video taqdim etishlari mumkin, shu tariqa, tasvirlar hamda roliklardan yaxlit installyatsiya yaratish mumkin. Bu futbol uchra­shuvlari, korporativ yoki to‘y oqshomlarini namoyish etishda juda qiziqarli bo‘ladi! Foydalanuvchilar uchun esa interaktiv stol yordamida nafaqat menyudagi taomlarning chiroyli suratlarini tomosha qilish, balki ofitsiantni chaqirishga ko‘maklashadi. Stol ishlab chiqa­ruvchilari Facebookka chiqish, kiritilgan kameralari vositasida selfi olish, yangiliklarni, ob-havo ma’lumotlarini o‘qish, o‘yinlardan foydalanish imkoniyatini ham ko‘zda tutganlar — bu hali ilovalari­ning hammasi emas. Kodisoft muntazam ravishda yangi dasturlarni qo‘shib boradi, hozirgi vaqtda esa interaktiv stol uchun maxsus SDK taqdim etilmoqda. To‘plami tayyor bo‘lishi bilanoq, barcha xohlaganlar soft yarata oladilar.

akt_27_10_2016_2

Kodisoft interaktiv stoli

Ichki ehtiyot qismlari shaxsiy komputerdagi kabidir
Interaktiv stolining eng qimmatli qismlaridan biri — 3840 x 2160 nuqta qamrovli 50-duymli katta ekranidir. Interfeysi yaxshi, dasturlari esa to‘xtovsiz ishlashi uchun qurilmaga juda kuchli uskunalar talab etiladi. Aynan shuning uchun stol 3,6 GGts chastotali Intel Core i7 protsessori bazasida qurilgan, grafiklarining qayta ishlanishiga 4 GB xotiraga ega bo‘lgan NVIDIA GeForce 970 diskret videokartasi javob beradi. Stolga yana bir necha operativ xotirani ulash mumkin, uning maksimal hajmi 32 GB gacha kattalashish imkoniga ega, ma’lumotlar ombori sifatida 128 GBli SSD mavjud. Umuman olganda, «temir-tersaklari» kuchli shaxsiy kompyuterdagilardan qolishmayd!

Gap menyudagina emas
Interaktiv stolining narxi ancha yuqori. Bir restoranni jihozlash uchun br necha yuz minglab yevro sarflanishi mumkin. Shunday bo‘lsada, Abu-Dabi va Kiprdagi kiritilgan sarmoyalar o‘zini juda tez — bor-yo‘g‘i 5–11 oy mobaynida oqladi. Buning bir siri shundaki, stol sababli ko‘plab ofitsiantlar ishi kamaydi. Ikkinchi siri kiritilgan reklamasidir: Adidas va Coca-Cola kabi jiddiy kompaniyalar allaqachon ishlab chiqaruvchilarga buyurtma berganlar. Yana tizimning stolga qo‘shimcha har qanday xaridni amalga oshirish imkonini beruvchi qulayliklari ham mavjud. Restoran biznesida esa bu buyurtmalar haqida, xodimarning faoliyati hamda mijozlar xatti-harakatini kuzatish uchun juda zarur bo‘lgan batafsil statistikaning taqdim etilishidir.

Restoran biznesining kelajagi
Hozirgi vaqtda Kodisoft interaktiv stolidan to‘rtta restoranda foydalanilmoqda, ulardan biri Rossiyada bo‘lib: u Vladikavkazdagi Neodir. Shuningdek, mazkur texnika mo‘jizasini Abu-Dabidagi iCafeda, Dubaydagi Ebony va Limassoladagi Oshida uchratish mumkin. Aytgandek, stol ishlab chiqaruvchilar mustaqil ravishda, 2012-yilda muntazam «Kiprning eng yaxshi restorani» nomiga sazovor bo‘lib kelmoqda.

akt_27_10_2016_3

Kodisoft interaktiv stoli Abu-Dabidagi iCafeda

Kodisoftni ishlab chiqqan Dmitriy Kostik kelajakka ishonch bilan qarab, 5–10 yildan so‘ng bunday interaktiv texnologiyalar 20–30% restoranlarda mavjud bo‘lishini ta’kidlamoqda. Stollar nafaqat HoReCa konsepsiyasiga muvaffaqiytli mos tushishadi, balki savdo markazlari, aeroport va boshqa joylardan munosib o‘rin egallaydi.

Xulosa qilib, restoran biznesiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi sohasida O‘zbekistonda ham qiziqarli loyihalar amalga oshirilayotganligini ta’kidlamoqchi edik. Masalan, o‘tgan yili Rossiya, Armaniston, Qozog‘iston, Gruziya, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston jamoalari ishtirok etgan Eurasia Mobile Challenge mintaqaviy tanlovi finalida O‘zbekiston jamoasining Stolik loyihasi uchinchi o‘rinni egalladi. Stolik ilovasi yordamida taom tayyorlanadigan muassasaning joylashgan joyini uning nomi asosi­da tez va qulay hamda osongina topish mumkin. Agar Stolik orqali qahvaxonalardan biridan stolni bron qilsangiz darhol chegirma va sovg‘aga ega bo‘lasiz, bu chegirma so‘rash yoki diskont kartasini olib yurish shart emasligini anglatadi. Stolik foydalanuvchilari har doim ham umumiy ovqatlanish joylaridagi yangi promo-aksiyalar hamda tadbirlardan xabardor bo‘ladilar.

Stolik loyihasini ishlab chiqqan dasturchilar jamoasi yangi muassasalarni qo‘shib borish va foydalanuvchilar bilan qayta aloqa qlish bilan ilova ustidagi ishlarni faol davom ettirmoqdalar. Mahsulot takomillashmoqda: muassasa va mehmonlar uchun haqiqatda foydali bo‘ladigan turli funksiyalar joriy etilmoqda.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq